Jismoniy madaniyat nazariyasi va


Ma’ruza. O’zbekiston Respublikasi



Yüklə 203,59 Kb.
səhifə6/43
tarix08.02.2023
ölçüsü203,59 Kb.
#123160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Jismoniy madaniyat nazariyasi va

3.Ma’ruza. O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi

1. O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori.


2. Qo’mitaning asosiy vazifalari va funktsiyalari
3. Qo’mitaning huquqlari va javobgarligi
4. Qo’mita faoliyatini tashkil etish
O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2017 yil 15 fevraldagi PF-4956-son Farmonini hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida» 2017- yil 15 -fevraldagi PQ-2779-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi to’g’risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkentsh.,
2017 yil 16 mart,
148-son
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 martdagi 148-sonqaroriga
1-ILOVA
O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi to’g’risida
NIZOM
1. O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi (keying o’rinlarda — Qo’mita deb ataladi) jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlovchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
2. Qo’mita o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3.Qo’mita o’zvazifalari va funktsiyalarini amalga oshirishda davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qiladi.
4. Qo’mitaning o’z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mulkchilik shakllaridan va idoraviy bo’ysunishdan qat’i nazar, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
5. Qo’mita, uning hududiy bo’linmalari faoliyatini moliyalashtirish O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobig aamalga oshiriladi.
Qo’mita huzuridagi O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining ijro etuvchi apparati va uning mintaqaviy filiallari faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. Qo’mita, uning hududiy bo’linmalari va Qo’mita tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhrga ega bo’ladilar.
2. Qo’mitaning asosiy vazifalari va funktsiyalari
7. Quyidagilar Qo’mitaning asosiy vazifalari va faoliyati yo’nalishlari hisoblanadi:
Jismoniy tarbiya va sport sohasida aholining keng qatlamlarini sport bilan shug’ullanishdan bahramand qilishga va sog’lom turmush tarzini yuritishga, jismonan sog’lom o’sibkelayotgan avlodni tarbiyalashga, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga, mamlakatning sport yutuqlarini ommalashtirishga va xalqaro sport maydonida keng e’tirof etilishiga yo’naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya-sport jamiyatlari, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda shaharlar va tumanlarda sport-ommaviy tadbirlarni, xalq o’yinlari va sportning milliy turlari bo’yicha musobaqalarni muntazam ravishda o’tkazgan holda aholi, ayniqsa yoshlar, xotin-qizlar, keksakishilar, qishloq aholisi orasida sport va jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishni ommalashtirish bo’yicha keng ko’lamli ishlarni tashkil etish;
bolalarni, ayniqsa qizbolalarni sport bilan muntazam shug’ullanishga keng jalb etish yo’li bilan bolalar sportini hartomonlama rivojlantirish, bolalar sporti ta’limi sifatini oshirish, barcha mintaqalarda, shu jumladan qishloq tumanlarida va chekka tumanlarda bolalar sport ob’ektlari tarmog’ini yanada kengaytirish, «Umid nihollari, «Barkamol avlod» va «Universiada» musobaqalarining uch bosqichli tizimi o’yinlari o’tkazilishini tashkil etish, shu asosda bolalarning sog’lig’ini mustahkamlash va ularning barkamolligini ta’minlash;
Milliy olimpiya qo’mitasi, sport turlari bo’yicha federatsiyalar va assotsiatsiyalar bilan birgalikda iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish, Olimpiya, Para оlimpiya va Osiyo o’yinlarida, jahon, Osiyo chempionatlarida va boshqa nufuzli xalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlash uchun ulardan sifatli sport zaxirasini va mamlakat terma jamoalari tarkiblarini shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Mamlakatda professional sportni rivojlantirishni rag’batlantirish, ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda zamonaviy texnologiyalarni sport tayyorgarligi jarayoniga joriy etish, sport turlari bo’yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, no sog’lom sport raqobatiga va taqiqlangan preparatlar qo’llanilishiga qarshi kurash bo’yicha tizimli chora-tadbirlar ko’rish;
ommaviy, bolalar va professional sport yo’nalishlari bo’yicha jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport tashkilotlarining, ob’ektlar va inshootlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, ulardan eng ko’p darajada va samarali foydalanishni ta’minlash, respublikada sport uskunalari va inventari ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishida ishtirok etish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport tashkilotlarini, ta’lim va sport-ta’lim muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa sport mutaxassislari bilan ta’minlash;
sport sohasida davlatlararo va xalqaro sport aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish ishlarini tashkil etish, ommabop sport dasturlari tashkil etilishiga ko’maklashish, jismoniy tarbiya va sport sohasida ommaviy adabiyotlarni nashr etish va mavzuli video va kino materiallar yaratish.
8. Qo’mitaga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha:
jismoniy tarbiya va sport sohasida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning ishini muvofiqlashtiradi;
qonun hujjatlarini takomillashtirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni ko’rib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
o’zvakolatlari doirasida jismoniy tarbiya va sport sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek sport normativlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning holati monitoringini olib boradi, ularni mamlakatda yanada rivojlantirish bo’yicha har yillik prognozlarni shakllantiradi;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo’yicha maqsadli dasturlarni, dasturiy-metodik hujjatlarni hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga tegishli boshqa normative hujjatlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ularning ijrosini ta’minlaydi;
manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport, shuningdek aholini jismoniy tarbiyalash sohasida ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko’maklashadi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport namoyandalarini, shu jumladan sportchilar, trenerlar, sport faxriylarini va boshqa mutaxassislarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;
mamlakatda sport turlarini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilaydi;
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) reestrini yuritadi uni yuritish tartibini belgilaydi;
sport turlari bo’yicha Yagona sport klassifikatsiyasini, shuningdek u to’g’risidagi nizomni, sport turlari va sport fanlarini e’tirof etish, ular reestrini yuritish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
xalqaro va respublika darajalaridagi sport va jismoniy tarbiya — ommaviy tadbirlarning Kalendar rejasini shakllantiradi va tasdiqlaydi, manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ularning moliyalashtirilishini va o’tkazilishini ta’minlaydi;
trenerlik faoliyati bilan shug’ullanishga belgilangan tartibda ruxsatnoma beradi;
manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda mamlakatda sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
b) sport va jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishni ommalashtirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar tashkil etilishi sohasida:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishni ommalashtirish ishlarini tashkil etadi;
aholining keng qatlamlari orasida sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va o’tkazilishiga ko’maklashadi;
shaharlar va tumanlarda sport-ommaviy va jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish tadbirlari, shu jumladan sportning milliy turlari bo’yicha xalq o’yinlari va musobaqalar aholi, ayniqsa yoshlar, xotin-qizlar, keksa kishilar va qishloq aholisi orasida o’tkazilishini muntazamlilik asosida tashkil etadi;
O’zbekistonda sportning milliy turlarini va xalq o’yinlarini rivojlantirishga har tomonlama ko’maklashadi, sportning milliy turlari bo’yicha sport musobaqalari, xalq o’yinlari bo’yicha jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar mamlakatda va chet elda tashkil etilishi va o’tkazilishi moliyalashtirilishini, shuningdek sportning milliy turlari xalqaro sport maydonida keng targ’ib qilinishi va rivojlantirilishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;
v) bolalar sportini rivojlantirish, bolalar sporti ta’limi sifatini oshirish, bolalar sport ob’ektlari tarmog’ini yanada kengaytirish, bolalar sog’lig’ini mustahkamlash va ularning barkamolligini ta’minlash sohasida:
jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sib kelayotgan avlodni kamol toptirishning muhim sharti sifatida ommaviy bolalar sportini rivojlantirishni, unda sog’lom turmush tarziga intilishni va sportga muhabbatni singdirishni ta’minlaydi;
bolalar sportining moddiy-texnika va resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
iqtidorli yoshlar va sport namoyondalarining xalqaro va respublika ko’lamlarida jismoniy tarbiya va sport sohasida o’tkaziladigan ko’riklar, tanlovlar, festivallarda, boshqa anjumanlarda ishtirok etishi va safar qilinishini ta’minlaydi;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bilan birgalikda barcha mintaqalarda, shu jumladan qishloq tumanlarida va chekka tumanlarda «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» musobaqalarining uch bosqichli tizimi o’yinlari o’tkazilishini tashkil etadi;
g) iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish, Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o’yinlarida, jahon, Osiyo chempionatlarida va boshqa nufuzli xalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlash uchun ulardan sifatli sport zaxirasini va mamlakat terma jamoalari tarkiblarini shakllantirish sohasida;
O’zbekiston Respublikasi sport terma jamoalari tarkiblarini va ularning eng yaqin zaxiralarini tasdiqlaydi, O’zbekiston sport delegatsiyalarini butlaydi, ularni xalqaro sport musobaqalariga va jismoniy tarbiya ommaviy tadbirlarga tayyorlashni va ishtirok etishini ta’minlaydi;
Jismoniy tarbiya va sport sohasida sport va dopingga qarshi markazlar, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar tashkil etish bo’yicha takliflar kiritadi va ular faoliyatini tashkil etishni ta’minlaydi;
konferentsiyalar, ko’rgazmalar va sport musobaqalari o’tkazadi, sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish ishlarini tashkil etadi;
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) va jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga ko’maklashadi;
Milliy olimpiya qo’mitasi, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari bilan birgalikda keyinchalik sport zaxirasini shakllantirish uchun iste’dodli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini o’tkazish bo’yicha kompleks tadbirlarni tashkil etadi;
Xalqaro hamda respublika sport va jismoniy tarbiya ommaviy tadbirlar o’tkazilishini, sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislar ta’minotini, O’zbekiston Respublikasi sportchilarini, sport terma jamoalarini Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o’yinlariga, jahon, Osiyo chempionatlariga, kuboklariga va birinchiligiga va boshqa xalqaro sport musobaqalariga tayyorlashni va ishtirok etishini, xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari to’lanishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;
d) mamlakatda professional sportni rivojlantirishni rag’batlantirish, ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda zamonaviy texnologiyalarni sport tayyorgarligi jarayoniga joriy etish, sport turlari bo’yicha milliy championatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, no sog’lom sport raqobatiga va taqiqlangan preparatlar qo’llanilishiga qarshi kurash bo’yicha tizimli chora-tadbirlar ko’rish sohasida:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Milliy olimpiya qo’mitasi, sport turlari bo’yicha federatsiyalar va assotsiatsiyalar bilan birgalikda mamlakatda professional sportni tashkil etish va yanada shakllantirish bo’yicha takliflar kiritadi;
yuqori malakali sportchilarni va sport zaxirasini tayyorlash ishlarini olib boradi, idoraviy bo’ysunishidan qat’iy nazar, sport maktablari, klublar va sport tayyorgarligi markazlari rivojlanishi va ixtisoslashtirilishini muvofiqlashtiradi;
xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning jahon ilmiy-texnik taraqqiyoti yutuqlari, ilg’or tajribasi umumlashtirilishini, ushbu yutuqlar respublikada joriy etilishini ta’minlaydi;
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning iltimosnomasi bo’yicha sportning alohida turlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi sport terma jamoalari sportchilarining O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari va sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning o’zmablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan xalqaro sport musobaqalarida va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda ishtirok etishini tasdiqlaydi va ta’minlaydi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida eng o’rnak ko’rsatgan xodimlarni, shuningdek O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ko’maklashgan boshqa shaxslarni idoraviy ko’krak belgilari bilan mukofotlaydi;
sport unvonlari, sport razryadlari va malakat toifalarini berish tartibini tasdiqlaydi;
sport sohasidagi ulkan yutuqlari uchun mukofotlar ta’sis etish va O’zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish to’g’risidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
e)jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, mahalliy sport uskunalari va inventor ishlab chiqarishni tashki letish va kengaytirish sohasida:
O’zbekiston Respublikasi sportchilarini va sport termajamoalari a’zolarini sport inventari, uskunasi hamda kiyim-bosh, anjomlar bilan ta’minlaydi;
ommaviy, bolalar va professional sport yo’nalishlari bo’yicha ob’ektlar va inshootlar faoliyatini takomillashtirish va yangilarini qurish bo’yicha takliflar kiritadi, ulardan eng ko’pdarajada va samarali foydalanishni ta’minlaydi;
jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport tovarlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga ko’maklashadi;
yangi jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport inshootlari qurishni va ishlab turganlarini rekonstruktsiya qilishni tashkil etishga ko’maklashadi;
jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanish, shuningdek ularning pasportlarini berish tartibini tasdiqlaydi;
idoraviy mansub tashkilotlarga ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishda va axborot ta’minotini, maslahat berish, kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni va yordamning boshqa turlarini jalb etishni tashkil etishda ko’maklashadi;
j) jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport tashkilotlarini, ta’lim va sport-ta’lim muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa sport mutaxassislari bilan ta’minlash sohasida:
kadrlarni milliy va umum insoniy qadriyatlar, inson parvarlik va yuksak axloqiylik ruhida tayyorlash jarayonini tashkil etadi, odamlarning o’zining jismoniy, umumta’lim va madaniy darajasini oshirishga bo’lgan intilishini rag’batlantirish ishlarini olib boradi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlashni, tajriba orttirishni va attestatsiyadan o’tkazishni ta’minlaydi;
bolalar sporti jamoalari, mutaxassislari, shuningdek sportchilar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa va killarning, ularning idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, xalqaro tanlovlarda, festivallarda, sport musobaqalarida va chet eldagi boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun tayyorlashni, jo’natishni va qabulqilishni ta’minlaydi;
z) sport sohasida davlatlararo va xalqaro sport aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish ishlarini tashkil etish, ommabop sport dasturlari tashkil etilishiga ko’maklashish, jismoniy tarbiya va sport sohasida ommaviy adabiyotlarni nashr etish va mavzuli video- va kino materiallar yaratish sohasida:
jismoniy tarbiya va sport bo’yicha ilmiy, o’quv, ilmiy-ommabop va ommaviy adabiyotlar yaratilishi va nashr etilishini, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida foto va video materiallar yaratilishini tashkil etadi;
xalqaro sport aloqalarini amalga oshiradi va rivojlantiradi, xalqaro sport hamjamiyatlari bilan o’zaro munosabatlarda O’zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi;
hamkorlik bo’yicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqadi hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etishda ishtirok etadi, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishini ta’minlaydi;
sport sohasida iqtidorli yoshlar vakillariga ko’maklashadi va yordam beradi, ularni o’qishi uchun chetelga yuboradi;
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ommabop sport dasturlari tashkil etilishida, jismoniy tarbiya va sport sohasida ommaviy adabiyotlar nashr etilishida va mavzui video va kinomateriallar yaratilishida ishtirok etadi;
taniqli sport namoyandalarini, respublikaning va xorijiy mamlakatlarning yetakchi pedagog-mutaxassislarini respublika sport ta’lim muassasalarida o’qituvchilik qilishga va mahorat darslari o’tkazishga taklif etadi.

Yüklə 203,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin