Jismoniy madaniyat nazariyasi va


Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklarnda jismoniy tarbiya va sport ishlariii tashkil qilish



Yüklə 203,59 Kb.
səhifə9/43
tarix08.02.2023
ölçüsü203,59 Kb.
#123160
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Jismoniy madaniyat nazariyasi va

Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklarnda jismoniy tarbiya va sport ishlariii tashkil qilish

Xalq ta’limi vazirligi tizimida barcha fanlar bilan bir qatorda jismoniy tarbiya darslari ham o’zining mazmunan va shaklan o’rni hamda mohiyatiga ega. SHu tufayli Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari, maxsus maktablar, kollej, litseylar, o’rta va oliy pedagogika o’quv yurtlari, sport maktablari hamda maktabgacha bolalar muassasalarida jismoniy tarbiyaga alohida urin berilgan. O’quv yurtlari va turli muassasalarning ish mazmuniga qarab jismoniy tarbiyaning mazmuni, shakli va xususiyatlari ham o’ziga xosdir. Ularni tashkil qilish va boshqarishning ham alohida xususiyatlari mavjud. SHu tu­fayli Xalq ta’limi vazirligi tizimiga jismoniy tarbiya va sport ishlarini boshqarish bo’limlari, turli idoraviy va jamoat sport tashkilotlari ham kiradi.
SHu o’rinla aytish kerakki, «Ta’lim to’g’risida»gi Qonui asosida hozirgi kunda respublikada xalq ta’limi tizimida keskin o’zgarishlar, islohotlar o’tkazilmokda. Jis­moniy tarbiya darslari davlat ta’lim standartlari aso­sida tashkil etilmoqda. Respublikadagi 9 mingdan ortiq maktablarda 6 mln.ga yaqin o’quvchilar ta’lim olmoqda. O’rta va oliy pedagogika o’quv yurtlaridagi talabalarning soni ham tobora o’sib bormokda. Ularda 17 mingdan ortiq o’qituvchilar jismoniy tarbiyadan mashg’ulotlar o’tkazmoqla. Deyarli barcha o’quv yurtlarida sport zallari, o’yin maydonlari, ba’zi birlarida suv havzalari mavjud. Sportning 20 dan ortiq turlari bo’yicha har yili «Quvnoq startlar», «Umid nihollari» musobaqalari o’tkazib kelinmokda. Bu holatlar o’rta va oliy pedagogika o’quv yurtlarida bprmuncha ko’proq va sifatliroq tashkil qilinadi. O’quvchi yoshlarning ko’pchiligi turli sport to’garaklari, sayohatlar ommaviy sport musobaqalarida doimo ishtirok etadi. Xalq ta’limi vazirligi tizimida turli doirada va toifada tashkil qilingan bolalar va o’smirlar sport maktablari faoliyat ko’rsatadi, ularning o’ziga xos tashkiliy, moliyaviy-xo’jalik tadbirlari mavjud. Ana shularning hammasini uyushtirish va boshqarish uchun juda katta mehnat talabqil gandi.
O’quvchi yoshlarning darsdan tashqari sport va sog’lomlashtirish mashg’u'lotlarini tashkil qilish va sport musobaqadarini o’tkazishda ularning jamoatchi tashkilotla­ri, ya’ni «Yoshlik», «Talaba», sport uyushmalari hamda ularning quyi tarmoqlari xizmat qiladi.
Yana shuni ham z’tirof etish kerakki, mustaqillik sharofati bilan milliy qadriyatlar, urf odatlar tiklanmoqda. Bu juda ko’p ijobiy tomonlarga ega bo’lish bi­lan birgalikda, maktab o’q\'vchilari, ayniqsa, mahalliy millat qizlarining jismoniy tarbiya, sport bilan shug’ullanishlari haqida turli fikr va mulohazalarni ham keltirib chiqarganligi sir emas. Ya’ni ularning murakkab mashqlarni bajarmasligi, hozirgi mavjud bo’lgan sport kiyim-boshlarini kiymasligi va hokazolar. Bu haqdaXalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zining katta anjumanini Farg’onada o’tkazib, ma’lum qarorga keldi. Bu, o’z navbatida, aholining xaqpi e’tirozlarini inobatga olish va qizlar mashg’ulotlarini talab va zamon sharoitiga moslab o’tkazishda bir qadar olg’asiljish bo’ldi. Lekin mazkur sohada mutaxassislar, qizlarning o’pari va ba’zn bir ota-onalarning ham jiddiy eьtirozlari borki, qizlarni jismoniy tarbiya va sportdai butunlay uzoqlashtirish mumkin emas.
Xalq ta’limi vazirligi tizimida bevosita jismoniy tarbiya va sport ishlariga rahbarlik qiluvchi bo’limlar, kabinetlar asosan quyidagi faoliyatlarni amalga oshirishda rahnamolik qiladilar:

  1. O’quvchi yoshlarning jismoniy kamolotini oshirish, ularni mehnat va hayotga tayyorlash, bunda jismoniy mashq­lar bilan mustaqil shug’ullanishni o’rgatish.

  2. Sog’lom turmush tarzida jismoniy tarbiya va sportning mohiyatini, o’rnini ongli ravishda tushunishlariga erishish.

  3. Jismoniy tarbiya darslari, sport mashg’ulotlari va turli musobaqalarda qatnashish yo’li bilan o’zlarining jismoniy sifatlarini tarbiyalash, jamoa (komanda) ahilligi, o’zaro hurmat va g’oliblik, kurash yo’llarini o’rgatish.

  4. Jismoniy tarbiya vositalari orqali mehnatga tayyorgarlik va Vatan himoyasi uchun o’z kuch va qudratlarini oshirishga odatlantirish. Bunda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini to’la bajarishlariga erishish.

  5. Sport cho’qqilarini egallashga chorlash, xalqaro sport maydonlarida respublika obro’yini ko’tarish tuyg’ularini kuchaytirish va vatanparvarlik fazilatlarini ryvojlantirish.

  6. Bo’lajak kasbga tayyorlash va qaysi kasb-hunar bo’lmasin, o’z sog’liqlarini mustahkamlashga intnlish, kelajakda sog’lom avlod uchun kurash yo’llarini egallash va hokazolar.

Ana shu faoliyatlar o’quv yurtlarida qanday amalga oshirilayotganligi bilan faqat mutasaddi tashkilotlargina emas, balki juda ko’p mutaxassislar, ilmiy xodimlar ham qiziqali. Ana shularni e’tiborga olgan holda maktab o’ku'vchilarining jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan qiziqishlari hamda ularning jismoniy tayyorgarliklarini o’rga­nish maqsalida maxsus izlanish va tadqiqot ishlarini olib borish davom etmokda. Bu tadqiqotlar Davlat sport qo’mitasi va O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining 1991-1995; 1996-2000 hamda 2005 yilgacha mo’ljatlangan ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarining birinchi yo’nalishi va ilmiy hisobotlarida o’z ifodasini topgan. SHuningdek, bir qator o’quv qo’llanmalari, uslubiy tavsiyanomalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar e’lon qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Vazirlar Maxkamasining “Kadrlartayyorlash mil­liy dasturi”ni amalga oshirish yo’lida O’zbekiston Res­publikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi yetakchi hisoblanadi. Muassasaviy manso’blikdan qat’iy nazar, barcha o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarining o’quv rejalari, dasturlari, shu vazirliktomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. SHular qatorida o’quvchi-yoshlar va tapabalarning jismoniy tarbiya darslari, ommaviy soglomlashtiruvchi sport tadbirlariga ham umumiy qoida va talab­lar asosida rahbarlik shu vazirlik tomonidan amatga oshiriladi.
O’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarining jismoniy tar­biya va sport mashg’ulotlarini tashkil qilishda ularga rah­barlik tartibi, «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi, «Ta’lim to’grisida»gi qonunlar hamda davlat ta’lim standartaarida ko’rsatilgan umumiy qoidalar asosigatayaniladi. Eng muhimi «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablarini amalga oshirish ko’zda tugiladi. Bunda Oliy va o’rta maxsus ta’lim-vazirligi tizimi tarkibpdagi bir qator maxsus bo’limlar va tashkilotlar faoliyat ko’rsatadi. Bular quyidagilar:

  1. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining «Jismo­niy tarbiya va sport» bo’limi.

  2. Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya kafedralarn va sport klublari.

Ularning faoliyatiga ko’maklashuvchi sport jamiyatlari ham mavjud, ya’ni:

  1. Respublika Oliy o’quv yurtlari talabalarinnng «Talaba» sport uyushmasi, uning viloyatlardagi tarmoqlari /sport klub, bo’limi va hokazolar/.

  2. Respublika o’quvchi-yoshlarining «Yoshlik» sport jamiyati, uning joylardagi sport klublari.

O’rta maxsus va oliy o’quv yurtlaridagi jismoniy tar­biya mashg’ulotlari asosan quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgandir:

  1. O’quvchi-yoshlar va talabalarning sog’lig’ini mustahkamlash, jismoniy va ma’naviy kamolotini yuksaltirish, iqtidorli sportchilarning mahoratini oshirish bilan bog’liq barcha tadbir hamda faoliyatlarni ta’minlash.

  2. Bo’lajak kasb-hunar yo’natishi asosida jismoniy tarbiya va sportning nazariy bilimlari, amaliy ko’nikmalari hamda ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish usullari bilan qurollantirish.

Ma’lumki, ijtimoiy mehnat va turmush sharoiti bi­lan bog’liq sohalar juda ko’p. Ular malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni taqozo etadi. Bu yo’lda kasb-hunar kollejlari, turli yo’nalishdagi bilim yurtlari o’z faoliyatlarini davom ettirmoqda. SHu bilan birgalikda, Dav­lat ta’lim standartlari hamda «Kadrlar tayyorlash mil­liy dasturi» rsosida yangidan kollejlar, litseylar, gimnaziyalar tashkil etilmoqda. Bunday o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslari va ommaviy sport turlari bnrmuncha ustuvor turadi. Ularni uyushtirish va tashkiliy masalalar umumiy qoidalar hamda maxsus Nizomlar asosida olib boriladi. Ularning «Barkamol avlod o’yinlari» sport musobaqalari asosiy tadbirlardan biridir.
Yuqorida qayd etilgan Xalq ta’limi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari tizimining barcha turdagi hamla toifadagi o’quv maskanlari, muassasalarida «Jismoniy tarbiya» darslari davlat dasturi asosida tashkil etiladi. O’quvchi-yoshlar va talabalarning «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablari hamda ommaviy sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlari sog’lom avlod tarbiyasi, ularning ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol bo’lib o’sishlarini ta’minlashga qaratilgandir. Ularning Universiadalari eng muhim ommaviy sport tadbirlari tarkibiga kirib bormoqda.
Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirlik­lari o’z faoliyatlarini o’quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish, bo’lajak mutaxassislarni jismonan barka­mol qilib tarbiyalab yetishtirish maqsadiga qaratganlar.


3.Sog’liqii saqlash muassasalari tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish. Aholishshg sog’lig’ini nazorat va muhofaza qilish, «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirishdagi faoliyatlar
Sog’liqpi saqlash muassasalari tizimida jismoniy tarbiya vasportni tashkil qilish. Aholining sog’lig’ini nazorat va muhofaza qilish
Sogliqni saqlash vazirligi keng tarmoqli tizimlardan hisoblanadi. Uning tarkibida quyidagi o’quB vadavolash muassasalari mavjud:

  1. Oliy va o’rta tibbiyot o’quv yurtlari.

  2. SHlfoxonalar, davolash markazlari.

  3. Poliklinikalar.

  4. Sanatoriyalar va aholi sog’ligini qayta tiklash, davolash markazlari.

  5. Ilmiy-tadqiqot institutlari, markaziy laboratoriyalar.

  6. O’kuv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalari tarkibidagi tibbiy yordam bo’limlari.

  7. Jismoniy tarbiya dispanserlari va hokazolar.

Bularni tashkiliy jihatdan asosan ikki yo’nalishga ajratish mumkin:

  1. barcha tur va toifadagi tibbiy o’quv yurtlarida jis­moniy tarbiya darslari, sog’lomlashtiruvchi mashg’ulotlar hamda sport tadbirlarini tashkil qilish.

  2. bemorlarni jismoniy tarbiya vositalari yerdamida davolash hamda sportchilar salomatligini kuzatish, nazorat qilish, jarohatlarni davolashni uyushtirish va hokazo.

Yuqorida qayd etilgan sohalar va tizimlar Sog’liqni saqlash vazirligi, viloyat va yirik shaharlardagi uning boshqarma yoki bo’limlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot bilim yurtlari, litsey va kollejlar hamda institutlardagi o’quvchi-yoshlar va talabalar jismoniy tarbiyaning umumtalab me’yorlarini darslarda, ommaviy sport tadbirlarida bajarib boradilar. SHu bilan birga. jismo­niy tarbiya, sport, sayohat, xalq milliy o’yinlari va tabiatni sog’lomlashtiruvchi omillari: suv, havo, quyosh va boshqalar bilan davolash usullarini egallaydilar.
SHifoxona, davolash muassasalari va markazlarda shifokorlar tomonidan bemorlarni jismoniy mashqlar yordamida davolash faoliyatlari amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish korxonalari, o’quv yurtlari va turli muassasalar tarkibidagi tibbiy punktlar shifokori xodimlar va o’quvchi-yoshlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish. ularning salomatligini kuzatish, zarur bo’lganda tibbiy yordam ko’rsatish va nihoyat salomatlik haqida targ’ibot ishlarini olib borish bilan shug’ullanadidar.
Sog’lomlashtiruvchi tibbiy markazlar, jismoniy tar­biya dispanserlarida sog’lomlashtiruvchi guruhdar va sport jamoalarida shug’ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi, rivojlanishi ustidan nazorat, ko’rik, sinov-tajriba ishlari olib boriladi.
Umuman olganda, tibbiyot tizimidagi davolash muassa­salari hamda sanatoriya-kurortlarda bemorlarga tibbiy yordam berish, ularning sog’ligini tiklash va mehnat faoliyatiga qaytarishda juda katta mahorat ko’rsatilmoqda. Tibbiyot tizimi va shifokorlar oldida «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturida qo’yilgan vazifalarni astoydil, qunt va halol mehnat bilan ado etish burchi turadi. Bu, o’z navbatida, sog’lom avlodni tarbiyalash, onalar va bolalarning salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarga chalinishning oldini olish bilan bog’liq g’oyat muhim muammolarni hal qilishni taqozo etadi.
«Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi, «Sog’liqni saqlash to’g’risida»gi qonunlar asosida Sog’liqni saqlash vazirligi tizimidagi mutaxassislar Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi tizimidagi tashkilotlar, Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tarmog’idagi jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari bilan o’z faoliyatlarini hamkorlik asosiga qurgan holda ish olib boradilar.

Yüklə 203,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin