Mudofaa vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sport ishlari Mudofaa vazirligi tizimida Zobitlar (ofitserlar) va shaxsiy tarkibdagi harbiylarni jismoniy, harbiy-jismoniy hamda texnik jihatdan chiniqtirish, tarbiyalashasosiy faoliyatlar tarkibiga kiradi. SHu jihatdan harbiy Akademiya, havo, tank, avtomobil va boshqa sohalardagi Oliy hamda o’rta bilim yurtlarida jismoniy tarbiya bo’yicha mashg’ulotlar muntazam o’tkazilib, sport mashg’ulotlari va musobaqalar tashkil etiladi. Harbiy qismlardagi sport tadbirlari, harbiylarning jismoniy tarbiya mashg’ulotlari maxsus yo’riqnomalar (instrukiiyalar) asosida olib boriladi. Mudofaa vazirligi tarkibida mavjud bo’lgan Markaziy harbiy sport klubi (MHSK) zobitlaoning harbiy jismoniy tayyorgarligini oshirish va sport mashg’ulotlarini tashkil etish uchun xizmat qiladi/Klub terma jamoalar tuzib, harbiy tashkilotlar respublika va boshqa sport musobaqalarida ularning qatnashishini ta’minlaydi.
Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sport ishlari Yuqorida ta’kidlanganidek, o’quv yurtlariga ega bo’lgan barcha vazirliklar, Davlat qo’mitalari o’z sohalarida jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qiladilar. Undan tashqari, o’z ixtisosliklarida faoliyat ko’rsatayotgan mehnat jamoalari, muassasalar va tashkilotlardagi aholining jismoniy jihatdan sog’lom bo’lishini ta’minlash ularning muhim vazifalariga kiradi. Ma’lumki, qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizimida ham ko’pgina o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari mavjuddir. Ularning o’quv rejalari va dasturlarida jismoniy tarbiya darslari hamda ommaviy sport tadbirlari asosiy faoliyatlar tarkibidan o’rin egallagan. CHunki mutaxassislarni jismonan baquvvat qilib tarbiyalash umumdavlat ahamiyatga molik bo’lgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Mehnatkash yoshlarning ish qobnliyatlarini. mehnat unumdorligini oshirish va ularning jismonan tetik bo’lishida jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari muhim omillardan biridir. SHu sababli ishlab chiqarish korxonalari, ularning sport majmualarida sport klublar faoliyat ko’rsatadi. Unda yetakchi murabbiylar, tajribali usdubiyatchilar mehnat qilishadi. Sport klublar tarkibida quyidagi ish turlari mavjud: Ishchi va mehnagkashlarning bo’sh vaqglarida sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar, o’yinlar, gimnastika va h.k.ni tashkil etish.
Sport turlari bo’yicha terma jamoalar (komanda) tuzish, mashg’ulotlar tashkil qilish, ularning shahar, tuman, viloyat va respublika sport musobaqalaridagi ishtirokini ta’minlash.
Sport turlari bo’yicha korxona xodimlarining bolalari uchun sport maktabini tuzish.
Sog’lomlashtiruvchi guruhlar tashkil qilish.
Sport inshootlarini ko’paytirish, ta’mirlash, ularda pullik xizmatlarni tashkil qilish (mashg’ulotlar, musobaqalar, ijara va h.k.).
Madaniyat ishlari vazirligi tizimida jismoniytarbiya va sport Respublikamizdagi eng ko’p tarmoqchi tizimlar qatoriga Madaniyat ishlari vazirligi ham kiradi. Uning tarkibida quyidagi sohalar va tarmoqaar mavjud: Konservatoriya, madaniyat, san’at, musiqa va boshqa sohalardagi bilim yurtlari va Oliy o’quv yurtlari.
Kino uylari, kinoteatrlar va shu sohadagi ishlab chiqarish muassasalari.
Istirohat, ko’ngil ochish va dam olish bog’lari.
Ilmiy tadqiqot muassasalari.
Barcha turdagi ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darsi olib boriladi. O’quvchi-yoshlar va talabalarning ixtisosliklari hisobga olingan holda ommaviy'sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport tadbirlari, musobaqalari tashkil qilinadi. Aktyorlar, san’atshunoslar, rassomlar, ko’rgazma zallari, madaniyat klublari va ular bilan bog’liq tashkilotlar, muassasalarining xodimlari bilan maxsus jismoniy tarbiya mashg’ulotlari (balet, ritmik gimnastika, milliy raqslar tipidagi turli mashqlar) tashkil qilinadi. O’zbekiston mustaqilligi sharoitida ommaviy madaniy sport tadbirlarining shakli va mazmuilari kengayib, tobora boyib bormoqda. Bu jihatlar «Navro’z», «Mustaqillik kuni» bayramlari, teatr va san’at bayramlarida keng namoyon bo’lmoqtsa. Madaniyat ishlari vazirligi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi hamda boshqa idoralar, jamoat tashkilotlari, sport jamiyatlari bilan hamkorlikda xalq milliy o’yinlari respublika musobaqalari, festivallar va boshqa tadbirlarni o’tkazib kelmoqda. 2000 yilda O’zbekiston mudofaasiga ko’maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti «O’zbekkontsert» uyushmasi va boshqa davlat jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikpa «Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston» mavzusida respublika aholisiga manzur bo’lgan festivalni tashkil etdi. Bunday udkan madaniy tadbirlar zamirida sog’lom avlod tarbiyasi, o’quvchi-yoshlarning ma’naviy va jismoniy kamolotlarini kjsaltirish, Batan tuyg’usini tarbiyalash kabi hozirgi kun vazifalari mujassamlashgan. Umumiy xulosa qilib aytganda, yurtimiz aholisini sog’lom qilib tarbiyalash, ularning salomatligini muhofaza qilish va o’quvchi-yoshlarning jismoniy kamolotini o’stirishda turli davlat idoralari hamda ularning quyi tarmoqdarida faoliyat ko’rsatayotgan xodimlarning mehnati yaxshi samaralar bermoqyaa. Bu jarayonlarni tashkil qilish va boshqarishda O’zbekiston Prezidentining «Sog’lom avlod uchun» farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturining mohiyatlari g’oyat bebahodir. O’quvchi-yoshlar va talabalarning kasb-hunar egallashlari, ularning jismoniy jihatdan rivojlanishlari uchun davlat ta’lim standartlari tarkibidagi «Jismoniy tarbiya» dasturlari, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari keng yo’l ochib bermoqda. Buyuk kelajak sari dadil borish va yangi asr avlodlarini jismoniy jihatdan tarbiyalash ishlarida o’quv yurtlariga ega bo’lgan vazirliklar, davlat qo’mitalarining faoliyati va ish mas’uliyati tobora oshmoqda.
1. Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining jismoniy tarbiya va sport ishlari qanday amalga oshiriladi?
2. Xalq ta’limi va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari oldiga qanday maqsad qo’ygan?
3. Sog’lomlashtiruvchi tabbiy markaz deganda nimani tushunasiz?
4. “Sog’lom avlod uchun” davlat dasturi nechanchi yil qabul qilingan?
5. Madaniyat va sport ishlar vazirligi qanday ishlarni amalga oshiradi?