63
O‗yinlar nazariyasidagi formal modelni tashkil etish uchun: ishtirokchi
individlarning mavjudligi; har bir ishtirokchining imkoniyatlar to‗plami;
ishtirokchilarning strategiyalari hisobga olinishi lozim.
O‗yinlar nazariyasi tarkibiy jihatdan kooperativ (koalitsiyali) va
nokooperativ
(koalitsiyasiz)
nazariyalarga
ajratiladi.
Bunda
o‗yin
ishtirokchilarining o‗zaro kelishuvi darajasiga ko‗ra, kooperativ(koalitsiyali) va
nokooperativ(koalitsiyasiz) o‗yinlar nazarda tutiladi. Shartli ravishda aytish
mumkinki, birinchi guruh nazariyalar makrodarajadagi tahlilga, ikkinchi
guruhdagilar esa, mikrodarajaga e‘tiborni qaratadilar.
Kooperativ (koalitsiyali) o‗yinlar – bu ishtirokchilar o‗rtasida axborot
almashish va ittifoq tuzish mumkin bo‗lgan vaziyatlar. Nokooperativ
(koalitsiyasiz) o‗yinlarda yakka ishtirokchi tahlil qilishning boshlang‗ich nuqtasi
hisoblanadi, bunda ishtirokchilar o‗rtasida axborot almashish va ittifoq tuzish
mumkin emas. O‗yinlar asosan matritsa shaklida namoyon etiladi. Nokooperativ
(koalitsiyasiz) o‗yinlarda ishtirokchilar o‗zaro ziddiyatli munosabatda bo‗ladilar.
Har bir ishtirokchi o‗z yutug‗ini oshirishga xarakat qiladi. Birining yutug‗i
ikkinchisining yutqizishiga olib keladi. Har bir o‗yin ishtirokchisining ziddiyatli
vaziyatlarni hal etish borasidagi xarakat dasturi o‗yin ishtirokchisining strategiyasi
deyiladi.
G=F(N,St,P)
Demak, o‗yin (G)ni tahlil etishda uch qism: o‗yinchilar soni (N);
strategiyalar majmuasi (St); ishtirokchilarning yutuq (P)lari asos bo‗ladi(qarang:
3.1.1.-rasm).
Dostları ilə paylaş: