56
Еtishga yordam berishiga umid qilmoqda. Bundan tashqari, xodimlarning e‘tirof
etishlaricha, hozirgi vaqtda kompyuter texnikasining rivojlanganligi munosabati
bilan o‗zgalar matnlarini o‗zlashtirish jarayoni avvalgi o‗n yillikka qaraganda
g‗oyat soddalashdi, chunki ilgari kitoblardan yoki boshqa ishlardan axborotni
qo‗lda ko‗chirish yoki bosmalash lozim edi.
V.V. RadaЕv bilan suxbatdan
Bugungi kunda ko‗chirmachilik muammosi barcha o‗quv korxonalarida
mavjud. Lekin biz universitetimiz (GU VShE) alohida, eng yaxshi bo‗lishini
xohlaymiz. Shuning uchun hozirda biz ko‗chirmachilikka qarshi kurashishni
faollashtirmoqdamiz. Biz talabani adabiy o‗g‗irlik, ko‗chirish yoki sohtakorlik
ustida ushlagan o‗qituvchilar nima qilishi kerakligi aniq yozib qo‗yilgan shunday
hujjatni tayyorladikki, unda talabani universitdan haydashgacha keskin choralar
nazarda tutilgan. Bunda talaba o‗qituvchining hatosidan kafolatlangan bo‗lishi
kerak. O‗quvchilarning huquqlarini ham himoya qilish lozim. Shuning uchun
talaba shikoyat arizasini berishga haqli. Lekin agar uning aybi isbotlansa, jazo
qat‘iy bo‗lishi kerak. O‗qituvchi sifatida men barcha qoidalarni birinchi
mashg‗ulotning o‗zidayoq e‘lon qilaman. Ko‗chirmachilikka nisbatan munosabat
oddiy: aniqlangan holatda darhol «qoniqarsiz» baho qo‗yiladi. Hukum qat‘iy,
shikoyatga o‗rin yo‗q. Agar qoidalar brcha oldindan ma‘lum bo‗lsa tortishishga na
hojat. Ko‗chirish tavakkalchiligi haqida tinimsiz ogohlantiraman. Agar kimdir
yonidagidan ko‗chirgan bo‗lsa, ikkalasiga ham «qoniqarsiz» baho qo‗yiladi.
Ammo hamma gap ko‗chirish va adabiy o‗g‗irlikda emas. Bundan tashqari,
sohtakorlik ham mavjud. Bu bir talaba boshqasi uchun qalbaki hujjat bo‗yicha
zachyot yoki imtihon topshiradigan holat. Ana shunday holatlardan biri bizda ham
aniqlandi. Biz buning uchun talabani universitdan haydadik. Hozircha hech kim
buni takrorlashga tavakkal qilgani yo‗q. Bunday holatlarning oldini olish choralari
ko‗rilmoqda. Ko‗chirmachilikka kelsak, yana shuni takrorlaymanki, buning uchun
ham ayab o‗timasdan universitdan haydaymiz. Еngil-elpilik hayotda ham, o‗qishda
ham bo‗lmasligi lozim.
Dostları ilə paylaş: