Tap. Tap-tap. Ikki narsaning bir- biriga urilishi yoki biror narsaning yerga zarb bilan tushishidan hosil bo’ladigan bo’g’iq tovushni bildiradi
(III.671)
Tap-tup. Yangi lug’atda alohida so’z sifatida berilgan. «Tap», «tup» va shunga yaqin tovushlarni bildiradi
(III.671)
Tapir-tupur. Ko’p va betartib tushayotgan qadam tovushi, «tap-tap» ovoz haqida (II.121)
Tapir-tupur. Ko’p va betartib tushayotgan oyoq yoki boshqa narsalardan chiqayotgan «tapir» va shunga yaqin tovushni bildiradi
(III.671)
Tappa. Tappa-tappa. «Tap» etgan tovush chiqarib urilishni, tushishni ifodalaydi (II.121)
Tappa. Taql.s.belgisi qo’yilmagan. Tashlamoq, bosmoq kabi fe’llar bilan qo’llanib, shu fe’l anglatgan harakatning tezda, shartta bajarilishini bildiradi (III.)
Tappa-tappa berilmagan.
Tar. Tarillagan ovoz haqida (II.122)
Tar. Ba’zi narsalarning yirtilishida yoki ba’zi asboblarning ishlatilishida
chiqadigan tovushni bildiradi (III.672)
Taraq. Taraqa-turuq. Taraq-taraq. Taraq-turuq. Ikki quruq narsaning bir-biriga qattiq urilishidan chiqqan ovoz haqida (I.124)
Taraq. Ikki quruq narsaning bir-biriga qattiq urilishidan chiqqan tovushni bildiradi (III.677)
Taraq-taraq.Taraq-turuq berilmagan.