Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


SUDDA ISH YURITISHDA OSHKORALIK



Yüklə 1 Mb.
səhifə249/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

SUDDA ISH YURITISHDA OSHKORALIK – barcha sudlarda, davlat sirlarini qo‘riqlash manfaatlariga zid keladigan, shuningdek jinsiy jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar ko‘riladigan hollarni istisno qilganda, jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi.

SUDLANUVCHI – jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichidan sudlanuvchi deb e’tirof etilgan jinoyat protsessida jinoiy-huquqiy manfaatga ega bo‘lgan jinoyat protsessining ishtirokchisidir. Birinchi instansiya sudining majlisida jinoyat ishi sudlanuvchining ishtirokida muhokama qilinadi.

SUDLANUVCHINING OXIRGI SO‘ZI – taraflarning muzokarasi tamom bo‘lgach sud majlisi doirasida raislik qiluvchi tomonidan, sudlanuvchiga muhokama qilinayotgan jinoyat ishi yuzasidan beriladigan oxirgi sudga murojaat qilish huquqi.

SUDNING VAKOLATLARI – sudning qonunda belgilangan vakolatlar doirasida ishlarni birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyalarida ko‘rib, hal etishi.



SUDNING QARORIGA PROTEST BILDIRISH – qonunda belgilangan vakolatlar doirasida yuqori turuvchi sud raisi va prokuror sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan protest keltirish huquqiga ega.

SUDNING OCHIQ MAJLISI – barcha ishlar sudlarda oshkora ko‘rib chiqiladi, davlat va tijorat sirlarini saqlash bilan bog‘liq ishlar bundan mustasno.

SUDNING TALABI – sudning ishni to‘liq ko‘rib chiqish maqsadida muayyan harakatlarni bajarilishini yoki undan tiyilishni bildiruvchi talablari.

SUDNING XUSUSIY AJRIMI – sud ishlarni ko‘rayotganida ayrim mansabdor shaxslar yoki fuqarolar tomonidan qonuniylik va huquq-tartibot buzilganligini aniqlasa, xususiy ajrim chiqarib, uni tegishli organlar va mansabdor shaxslarga yuboradi.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin