Amaliyotning asosiy qoidalari
Pedagogik ish jarayonida magistrant Oliy ta’lim muassasalarida professor-o`qituvchilar, murabbiylar bilan bevosita ilmiy-pedagogik hamkorlik qilish, ularning pedagogik faoliyati va tajribalarini bevosita o`rganish, umumlashtirish, tahlil qilish, ular rahbarligida nazariy va amaliy mashg`ulotlar olib borish, shuningdek, dekanat va kafedra ishlarini tashkil etilishiga oid me’yoriy hujjatlar bilan tanishadi. Pedagogik ilmiy amalyot natijasi yakuniy nazorat tarzida umumiy 100 ballik tizimida baholanadi va qaydnoma pedagogik ishga rahbar o`qituvchi tomonidan to`ldirilib, magistratura bo`limiga topshiriladi.
Ilmiy amalyot ishning maqsadi:
Pedagogik ilmiy amalyotda:
Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari hamda o`quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullardan foydalangan holda pedagogik mahorat va ko`nikmalarini shakllantirish, o`quv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etish malakasini va ko`nikmasini hosil qilishga yo`naltiriladi;
Ilmiy-pedagogik amaliyot:
Ilmiy pedagogik va kasbiy amaliyotlar oily ta’lim muassasasi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, buyrtmachi tashkilot va muassasalar ilmiy-tadqiqot inistitutlari, ilmiy markazlari, laboratoriyalar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida o`tkaziladi.
ixtisoslik fanlari bo`yicha turli mashg`ulotlar (ma’ruza, seminar, amaliy ish, laboratoriya ishi va boshqa ilmiy izlanishlar)ni o`tkazish bo`yicha tajriba orttirish;
mashg`ulotlar o`tkazish va ma’ruzalar matnlarini tayyorlash;
yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o`rganish va qo`llash;
talabalar bilimini baholashning reyting tizimini o`rganish va uni amalda qo`llash;
talabalar mustaqil bilim olishining tashkiliy va o`quv-uslubiy ta’minotini o`rganish va amalda qo`llash;
uslubiy ko`rsatmalar ishlab chiqish;
ma’naviy-marifiy, tarbiyaviy ishlarni olib borish ko`nikmalarini shakllantirishdan iborat bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |