Havo – ko’pikli o’t o’chirish asboblari ishqorli elementlar va elеktr uskunalaridan tashqari turli moddalarni o’chirishda ishlatiladi. 12.5 – rasmda OBП – 10 havo – ko’pikli o’t o’chirish asbobining shemasi tasvirlangan. Bu asbob yong’in yuzalarini 60 karrali ko’pik bilan ta’minlashi mumkin. O’t o’chirish asbobining qobig’ida ko’pik xosil qiluvchi qorishma, stakan ichida esa bosim ostida karbonat kislotasi joylashtirilgan. Bu asbobni ishga tushirish uchun dastak qattiq bosiladi, shu bilan birga karbonat kislota solingan ballonchaning membranasi teshiladi. Undan chiqayotgan karbonat kislota asbob qobig’i ichida bosim xosil qiladi. Natijada, ko’pik xosil qiluvchi modda sifon orqali karnaysimon og’izga chiqib, havo bilan aralashib ko’pik xosil qiladi. Xladonli va aerozolli o’t o’chirish asboblariga karbonat kislotali – brom–etilli o’t o’chirish asboblari kiradi. Ularning zaryadi sifatida galloidlangan uglevodorodli birikmalar ishlatiladi (bromli etilen, bromli etil, tetraftordibrometan va boshq.). Bu asboblar transport vositalari va kuchlanishi 380 V. gacha bo’lgan elеktr uskunalaridan chiqqan yong’inlarni o’chirishda ishlatiladi.
Kukunli o’t o’chirish asboblarida o’chiruvchi modda sifatida kukunli tarkiblar ishlatiladi. Xozirgi paytda ОП – 1, ОП – 2, ОП – 2Б, ОП – 8 Бl va boshqa kukunli o’t o’chirish asboblari ishlab chiqarilmoqda. ОП – l asbobidan tashqari barcha kukunli o’t o’chirish asboblarida kukun qisilgan havo yoki gaz (azot) yordamida purkaladi. Bu turdagi o’t o’chirish asboblari ishqoriy metallar, yengil yonuvchi suyuqliklar, kuchlanish ostidagi elеktr uskunalari yonganda o’chirish uchun ishlatiladi.