I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Ishchilar va xizmatchilar bir sexdan ikkinchisiga o’tishda yong’in-texnika minimumini 2, 4 va 5- mavzular bo’yicha takror o’qiydilar



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə140/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Ishchilar va xizmatchilar bir sexdan ikkinchisiga o’tishda yong’in-texnika minimumini 2, 4 va 5- mavzular bo’yicha takror o’qiydilar.
Ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan sexlarning, shuningdek bo’limlarning barcha muhandis-texnik xodimlari yong’in-texnika minimumi bo’yicha mashg’ulotlar bilan qamrab olingan bo’lishi kerak.
Yong’in-texnik minimumi bo’yicha mashg’ulotlar, shuningdek, ishlovchilar- ning yong’in xavfi yuqori ishlarni bajaruvchi alohida toifalari (payvandlovchilar, elektriklar va b.) bilan ham o’tkazilishi kerak. Bunday mashg’ulotlar ish joyida ishlab chiqiladigan maxsus dastur bo’yicha 8-10 soat hajmda yiliga bir marta o’tkaziladi. Mashg’ulotlar ob’yektlarda ham, sexlarda (bo’limlarda) ham tashkil qilinishi mumkin.
Mashg’ulotlarni yong’indan saqlash xizmati xodimlari tomonidan korxonaning (tashkilot) muhandis-texnik xodimlarini jalb qilgan holda o’tkazadilar.
Yong’in-texnik minimumi dasturi bo’yicha mashg’ulotlar yakunlanganidan so’ng ishchi va xizmatchilar sinovlardan o’tishlari kerak.
Minimum dasturini qoniqarsiz o’zlashtirgan shaxslar ham, sinovni qayta topshirishlari kerak.
Muxandis-texnik xodimlar, ishchi va xizmatchilarni yong’in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo’llashga o’rgatish.
3. Yong’in vaqtida odamlarni va moddiy boyliklarni evakuatsiya qilishning tashkil etishni o’ziga xos hususiyatlari.
Evakuatsiya yo’llari. Evakuatsiya yo’llari va chiqish joylariga qo’yiladigan asosiy talablar ШН^ 2.01.02-04 "Бино ва иншоотларнинг ёнгин хавфсизлиги" me’yoriy hujjatiga muvofiq quyidagicha belgilangan:
1.Odamlarni o’z vaqtida va uzluksiz evakuatsiya qilishga;
2.Yong’inning xavfli omillari ta’siriga yo’liqishi mumkin bo’lgan odamlarni qutqarishga;
3.Odamlarni evakuatsiya yo’llarida yong’inning xavfli omillari ta’siridan himoyalash.
Odamlarni mustaqil tashkillashtirilgan holda yong’inni xavfli omillari mavjud xonadan tashqariga chiqish harakati evakuatsiya jarayoni xisoblanadi. Axolining kam harakatlanishi guruxiga kiruvchi odamlarning xizmat ham evakusiya xisoblanadi. Evakuatsiya - evakuatsiya chiqish yo’llari orqali amalga oshiriladi.
Odamlarga yong’inning xavfli omillari ta’sir etganda yoki, shunday ta’sir xavfi bevosita taxlid solganda majburiy harajatlanishi, qutkarishga kiradi. Qutkarish ishlari ham yong’in o’chirish bo’linmalari yordamida yoki maxsus o’rgatilgan xodimlar tomonidan, shu jumladan, maxsus qutqaruv vositalaridan foydalanilgan holda evakuatsiya va avariya chiqishlari orqali mustakil amalga oshiriladi.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin