162
orqali belgilanadi. Boshqacha aytganda, qonunga bo‗ysunish normasi yana bir bor
oqilona asoslanadi: shaxs uning talabini mutlaq imperativning ta‘siri ostida emas
(qonuniy narsalarning hammasi yaxshi), balki qonunga amal qilishdan kutilayotgan
foydalar tufayli bajaradi. Qonunga ixtiyoriy bo‗ysunishga undovchi omillar
shaxsda faqat, davlat iqtisodiyotining oshkora sektorida transaksiya xarajatlarini
pasaytirish yo‗li bilan uning manfaatlarini amalga oshirishga qodir bo‗lgan
taqdirda, paydo bo‗ladi.
Iqtisodiy sohada xufyona bitimlar amalga oshiriladigan o‗yin qoidalarida,
birinchi galda bozor konstitutsiyasidan bitimlarning barcha ishtirokchilarini
«o‗ziniki» va «begonalarga» ajratish bilan katta farq qiladi. O‗zinikilarga nisbatan
opportunizmni oldini olishning ijtimoiy mexanizmlari amal qiladi, ishonch va
o‗zaro yordam me‘yorlari hukmronlik qiladi. Aksincha, «begonalarga» nisbatan
opportunizm
me‘yor bo‗lib qoladi. Xufyona iqtisodiyot «hasadguylik
raqobatchiligiga» asoslangan «yovvoyi» bozor modeliga juda yaqin. Va nihoyat,
xufyona iqtisodiyot eng yuqori darajada turli ko‗rinishga ega va u to‗liq tizim
shaklini qabul qilmaydi hamda bozorning barcha ishtirokchilari uchun yagona va
majburiy bo‗lgan konstitutsiyani qabul qilmaydi. Bundan ko‗rinib turibdiki,
qonunga bo‗ysunishning yuqori bahosiga muqobil variant ham g‗oyat qimmat
turadi.
Dostları ilə paylaş: