kelishuvlar o„rtasida yuzaga keladigan nizo bilan izohlash mumkin?
a) industrial va bozor;
b) an‘anaviy, bozorva fuqarolik;
v) bozorva an‘anaviy;
g) industrial va fuqarolik;
d) fuqarolikva ijtimoiy fikr to‗g‗risidagi;
e) an‘anaviyva industrial.
Javob:e),
qarindoshlarning biznesida ishtirok etishi hamma vaqt ishlab
chiqarish intizomi talablari bilan rahbar qarindosh tomonidan rayiga
qarashning kutilishi o‗rtasidagi to‗qnashuv bilan bog‗liq. So‗rovda ishtirok
etgan rossiyalik tadbirkorlardan birining so‗zlariga qaraganda: "Oilaviy
munosabatlar ishdagi munosabatlar bilan hech qachon kesishmasligi kerak.
Agar men xodimni jazolashim yoki unga o‗z noroziligimni bildirishim kerak
bo‗lsa, agar u bilan qarindoshlik rishtalari orqali bog‗liq bo‗lmasam, buni
qilish osonroq kechadi. Bundan tashqari, ko‗p sonli qarindoshchilik
aloqalari orqali namoyon bo‗lgan ishdagi munosabatlar oilaga eng
kutilmagan tarzda ta‘sir etishi mumkin".
165
2–misol. “Iqtisodiyot” nashriyoti tarjima qilingan iqtisodiy
adabiyotlarni chiqaradi. Siz nashriyotga iqtisodiy matnlarni tarjima qilishga
ixtisoslashgan kam sonli tarjimonlar bilan munosabatlarni qanday yo„lga
qo„yishni maslahat bergan bo„lardingiz?
a) ularni nashiriyot shtatiga taklif qilish;
b) muayyan matnni tarjima qildirish uchun shartnomalardan foydalanish;
v) shtatga kiritmagan holda uzoq muddatli shartnomalardan foydalanish;
g) tarjimonning malakasidan qat‘i nazar a), b) yoki v).
Javob: a),
malakali iqtisodchi tarjimonlarningtaqchilligini hisobga olgan
holda, shuni nazarda tutish mumkinki, ular o‗ziga xos resurs – iqtisodiy matnlarni
tarjima qilish ko‗nikmalariga (maxsus (o‗ziga xos) inson kapitaliga) ga. Shuning
uchun tarjimonlarni nashriyot shtatiga kiritish – vertikalintegratsiya variantini
tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Lekin, u holda tarjimonlarda yaxshi
ishlashga stimul pasayadi.
3-misol.
―Rash milk‖ MChJ oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
Xom ashyoni korxonaga Еtkazib berishni xorijiy hamkor o‗z zimmasiga olgan.
Olib kiriladigan xom ashyoning 1 tonnasi narxi 4500 doll. Ushbu xom ashyo
turiga bojxona boji 12% qilib belgilangan, QQS - 20%ni tashkil etadi.
Bojxona xom ashyo narxini bojxona tizimida tashkil etilgan narxlar bazasi
bo‗yicha belgilash amaliyotidan kelib chiqib, 6200 doll. qilib belgilandi. Korxona
xorijiy hamkori bilan kelishgan holda xom ashyoning real narxini hisob varag‗ida
kamaytirib yozgan, ya‘ni 4500 doll. o‗rniga 3200 doll. Agar korxona 6200 doll.
hisobidan xom ashyo oladigan bo‗lsa, qanday holat yuzaga kelishi mumkin?
Tushuntirib bering?
4-misol.
Respublikada bir qator san‘at sohasida shug‗ullanuvchilar soliqdan
qochishga urinadilar. Shuning uchun ―San‘at‖ firmasi san‘atkorlar konsert
dasturlarini tashkil qilish bilan shug‗ullanadi, ular odatda negadir konsert dasturlari
uchun biletlarni belgilangan narxdan 1,7-2 barobarga qimmat baholarda qora bozor
narxida sotadi. Bu holat qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin? Bunday
holat xufyona iqtisodiyotni keltirib chiqaradimi?
|