Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

Xulosa 
 
Transaksiya xarajatlari iqtisodiy nazariyasi unda transaksiyani tahlil 
qilishning bazaviy birligi sifatida ishtirok etadigan iqtisodiy tashkilotni o‗rganishga 
nisbatan qiyosiy institutsional yondashuvni o‗zida namoyon etadi. 
Transaksiya xarajatlari nazariyasi institutsionalizmning tarkibiy qismlaridan 
biri hisoblanadi. Transaksiya xarajatlari esa institutlar bilan bir qatorda uning 
asosiy kategoriyasidir.
Asosiy vosita sifatida ―transaksiya xarajatlari‖ kategoriyasini qo‗llagan 
holda dastlabki tadqiqotlar firma faoliyatini tahlil qilish uchun amalga oshirildi va 
bu R.Kouz nomi bilan bog‗liq. 
Transaksiya xarajatlari nazariyasi qaysidir ma‘noda neoklassik iqtisodiy 
nazariya bosib o‗tgan, firmani tadqiq etishdan to iqtisodiy tizimni tahlil qilishgacha 
bo‗lgan yo‗lni takrorladi. 
Transaksiya xarajatlari – bu mulkchilik huquqlarini almashish va himoyalash 
bilan bog‗liq barcha xarajatlardir. Transaksiya xarajatlari paydo bo‗lishini 
izohlashning kamida uchta varianti mavjud: transaksiya xarajatlari nazariyasining 
yondashuvi, 
ijtimoiy 
tanlov 
nazariyasining 
yondashuvi 
va 
kelishuvlar 
nazariyasining yondashuvi. Transaksiya xarajatlarini tavsiflashga nisbatan 
O.Uilyamson yondashuvi, ya‘ni transaksiya xarajatlarining bitim tuzilguncha va 
bitim tuzilganidan so‗ng yuzaga keladigan xarajatlarga ajratilishi ularni tahlil 
qilishning asosiy usuli sifatida qabul qilinishi mumkin. 
 
MAVZUGA DOIR TAYANCH IBORALAR 
Transaksiya
– shartnoma shakliga ega bo‗lgan bitim. 
Transaksiya xarajatlari
– bu ishlab chiqarish jarayoni bilan bag‗liq 
bo‗lmagan xarajatlar, xususan axborotni yig‗ish va qayta ishlash xarajatlari
munozaralarni o‗tkazish va qarorlar qabul qilish xarajatlari, shartnomalarning 
bajarilishini nazorat qilish va huquqiy himoyalash xarajatlari. 


128 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin