moliyaviy-xo„jalik faoliyatini tekshirishni 2 yilga to„xtatish,
Tadbirkorlar huquqlarini ishonchli himoya qilishda Savdo-sanoat palatasining
rolini oshirish, nopok tadbirkorlarga nisbatan murosasiz bo‗lish, Internet
tarmog‗ida elektron savdolar va auksionlar orqali Е
r uchastkalarini, jumladan,
tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibi
ni o‗rnatish vazifalari
belgilandi
1
.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MirziyoЕvning Oliy Majlisga
murojaatida ―Tadbirkorlikni keng rivojlantirish va bu soha uchun yangi sharoitlar
yaratishga barcha imkoniyatlarimizni safarbar etyapmiz. ―Har bir oila – tadbirkor‖
dasturi doirasida o‗z biznesini boshlayotgan oilalarga 5,9 trillion so‗m kreditlar
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐев Олий Мажлисга мурожаатномаси. 2017
йил 22 декабрь. //Халқ сўзи, 2017 йил 23 декабрь.
121
ajratildi. Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar
kamaytirildi. Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500
mingtaga ko‗paydi.Qo‗shilgan qiymat solig‗i stavkasi 20 foizdan 15 foizga
tushirildi. Buning hisobidan o‗tgan yili soliq to‗lovchilar ixtiyorida 2 trillion so‗m
qoldi. Joriy yilda bu raqam 11 trillion so‗mni tashkil etishi kutilmoqda. Bir yilda
tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag‗ qolishi, albatta, ularga o‗z bizneslarini
rivojlantirish uchun juda katta qo‗shimcha imkoniyatlar yaratadi. Islohotlarimiz
natijasida o‗tgan yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‗p
yangi tadbirkorlik sub‘yektlari tashkil etildi. Jahon bankining ―Biznes yuritish‖
reytingida 7 pog‗ona ko‗tarilib, biznesni ro‗yxatga olish ko‗rsatkichi bo‗yicha
dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o‗rinni egalladik va eng yaxshi islohotchi
davlatlar qatoridan joy oldik‖
1
,-deb ta‘kidlagan.
Prezident Sh.M.MirziyoЕv tomonidan
biznes muhitini yanada yaxshilash
vazifasi belgilanda. Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
-Jahon bankining ―Biznes yuritish‖ reytingida eng yaxshi 50 ta mamlakat
qatoriga kirish bo‗yicha qabul qilingan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- yangi Soliq kodeksiga muvofiq, 2020 yildan boshlab soliq turlari 13 tadan 9
taga kamaytirildi. Soliqlarni to‗lash muddatini uzaytirish yoki bo‗lib-bo‗lib
to‗lashga ruxsat berish bo‗yicha Еngillashtirilgan mexanizmlar kiritildi;
-birinchi marta tadbirkorlarga ichki bozorda sotgan mahsuloti bo‗yicha
qo‗shilgan qiymat solig‗ining bir qismini qaytarish tartibi joriy etildi. Hozirgacha
bu tartib faqat mahsulot eksport qilinganda qo‗llanar edi. Buning hisobidan
tadbirkorlar ixtiyorida 3,4 trillion so‗m yoki o‗tgan yilga nisbatan 2,5 barobar ko‗p
mablag‗ qoladi;
-endi tadbirkor tomonidan to‗langan ortiqcha soliq o‗z muddatida
qaytarilmasa, unga Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‗yicha budjetdan foiz
to‗lanadi;
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга мурожаатномаси.
2020 йил 24 январь.//Халқ сўзи, 2020йил 25 январь.
122
-soliq xizmati xodimlari dunyoqarashini tubdan o‗zgartirish va malakali
kadrlarni tayyorlash maqsadida Davlat soliq qo‗mitasi qoshida Fiskal institutini
tashkil etish taklif qilindi;
-mavjud 280 ga yaqin litsenziya va ruxsatnomalar orasida faoliyat turlari
hisobini yuritish, mablag‗ undirish yoki shunchaki nazorat qilish uchun joriy
qilinganlari ham bor. Shu sababli Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-
ombudsman 2020 yil 1 martga qadar litsenziya va ruxsatnomalar berish asoslarini
tubdan qayta ko‗rib chiqib, ularning sonini kamida 2 barobar qisqartirish bo‗yicha
aniq taklif kiritish belgilandi;
-―Kichik va o‗rta biznes to‗g‗risida‖gi qonun loyihasini ishlab chiqish zarur.
Unda kichik va o‗rta biznes mezonlari hamda bu soha vakillarini rag‗batlantirish
mexanizmlari nazarda tutish;
-har bir hududda tadbirkorlarga Еr uchastkalariga oid ma‘lumotlarni ochiq va
haqqoniy Еtkazish bo‗yicha yangi tizim joriy etish. Unga ko‗ra, tadbirkorning
faoliyat yuritishi uchun zarur bo‗lgan bo‗sh Еr maydonlari, bino va inshootlar,
ularning qiymati va shartlari haqidagi to‗liq xaritani istalgan vaqt va hududda
onlayn tartibida olish imkoniyati yaratiladi.
-2020 yilning birinchi choragida, ilg‗or tajribalar asosida, barcha darajadagi
nazorat qiluvchi idoralarda yangi zamonaviy tizim joriy etish. Ana shu tizim orqali
har bir korxona va tadbirkor bo‗yicha alohida-alohida ish olib borib, ularning
qonuniy faoliyat yuritishini ta‘minlash, tekshirishni esa eng so‗nggi favqulodda
chora sifatida adolatli o‗tkazish belgilandi.
- to‗lovga qobiliyatsiz korxonalarni eng ilg‗or xorijiy tajriba asosida
sog‗lomlashtirish bo‗yicha yangi tizim joriy etish belgilandi;
- tadbirkorlarning huquqlarini ta‘minlashda Oliy Majlisning ikkala palatasi
ham ta‘sirchan parlament nazoratini yo‗lga qo‗yish;
-tadbirkorlik sohasida ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan ayrim jinoyat turlarini
jinoyat toifasidan chiqarish siyosatini izchil davom ettirish. Jumladan, soxta
tadbirkorlik, raqobatchining obro‗sini tushirish kabi qilmishlar uchun jinoiy
javobgarlik bekor qilinadi. Shuningdek, bojxona qonun hujjatlarini buzish bilan
123
bog‗liq jinoyatni birinchi marta sodir etgan, lekin to‗lovlarni to‗lagan shaxslarni
jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi
1
.
Jahonning deyarli barcha mamlakatlarini qamrab olgan koronavirus
pandemiyasi davrida ko‗plab tadbirkorlik sub‘yektlarining iqtisodiy holati
og‗irlashishining oldini olish maqsadida krizisga qarshi chora-tadbirlar qabul
qilindi. Mamlakatimizda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020 yil 19
martdagi ―Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot
tarmoqlariga salbiy ta‘sirini yumshatish bo‗yicha birinchi navbatdagi chora-
tadbirlar to‗g‗risida‖gi farmoni qabul qilinib, unga asosan
10 trln so‗m miqdoridagi
Inqirozga qarshi kurashish jamg‗armasi tashkil etildi. Mazkur farmonga muvofiq
tadbirkorlik sub‘yektlarini qo‗llab-quvvatlash maqsadida a) 2020 yil 1 apreldan 1
oktyabrgacha bo‗lgan davrda:
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning oylik eng kam
summasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiziga qadar kamaytiriladi;
alkogol
mahsulotlarining
ulgurji
savdosi
bilan
shug‗ullanuvchi
korxonalarning ajratmalari miqdori 5 foizdan 3 foizga pasaytiriladi;
umumiy ovqatlanish korxonalari uchun alkogol mahsulotlarini chakana
sotish huquqi uchun yig‗imlar miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga
kamaytiriladi;
b) 2020 yil 1 apreldan 1 iyulgacha bo‗lgan davrda turistik (mehmonxona)
yig‗imini hisoblash va to‗lash to‗xtatiladi;
v) qishloq xo‗jaligidagi Еrlarni sug‗orish uchun foydalaniladigan hajmlar
bo‗yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yilda
o‗rnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytiriladi;
g) 2019 yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari
to‗g‗risidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020 yil 1 avgustga qadar
uzaytiriladi;
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга мурожаатномаси.
2020 йил 24 январь.//Халқ сўзи, 2020йил 25 январь.
124
d) jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‗i va Еr solig‗ini to‗lash muddati
2020 yil 15 oktyabrga qadar uzaytiriladi
1
.
Shuningdek, Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga faoliyati
turizm sohasiga bevosita yoki bilvosita bog‗liq bo‗lgan yakka tartibdagi
tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining qat‘iy
belgilangan summalarini 30 foizga kamaytirish tavsiya qilingan hamda mahalliy
davlat hokimiyati organlari xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlarga mol-mulk solig‗i, Еr
solig‗i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‗lash bo‗yicha foizlarni
undirmasdan 6 oyga kechiktirish (bo‗lib-bo‗lib to‗lash) belgilangan va yuridik
shaxslarning kreditlari bo‗yicha 7,9 trln so‗m hajmdagi qarzdorligi kechiktirilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-
sonli ―Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va
tadbirkorlik sub‘yektlarini qo‗llab-quvvatlashga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar
to‗g‗risida‖gi farmoniga muvofiq Karantin tadbirlari davrida o‗z faoliyatini
to‗xtatishga majbur bo‗lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‗i qat‘iy belgilangan summasini va ijtimoiy
soliqni hisoblash
to‗xtatilsin, bunda faoliyatni to‗xtatganlik to‗g‗risida
soliq to‗lovchining shaxsiy kabineti orqali davlat soliq xizmati organlari
xabardor qilinadi va davlat ro‗yxatidan o‗tkazilganlik to‗g‗risida guvohnomani
topshirish talab etilmaydi.
Endilikda turistik va mehmonxona faoliyati bilan
shug‗ullanuvchi tadbirkorlar shu yil yakuniga qadar Еr va mol-mulk soliqlarini
to‗lashdan ozod etiladi. Ularga ijtimoiy soliq stavkasi hozirgi 12 foizdan 1 foizga
tushiriladi.
O‗z faoliyatini to‗xtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar)
realizatsiyasidan tushumi joriy yilning birinchi choragidagi o‗rtacha oylik
miqdoriga nisbatan 50 foizdan ko‗proqqa kamaygan mikrofirma, kichik korxona
va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq organlarini xabardor qilgan holda 2020 yil
1 oktyabrga qadar mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza bermasdan turib
aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk solig‗i, Еr solig‗i, suv resurslaridan
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг
2020 йил 19 мартдаги ―Коронавирус пандемияси ва
глобал инқироз ҳолатларининг иқтисодиѐт тармоқларига салбий таъсирини юмшатиш бўйича
биринчи навбатдаги чора-тадбирлар тўғрисида‖ги фармони// Халқ сўзи, 20210 йил 20 март.
125
foydalanganlik uchun soliq bo‗yicha - ularni keyinchalik 12 oy davomida teng
ulushlarda to‗lash sharti bilan; ijtimoiy soliq bo‗yicha - uni keyinchalik 6 oy
davomida teng ulushlarda to‗lash sharti bilan soliqlarni foizsiz kechiktirish (bo‗lib-
bo‗lib to‗lash) huquqi taqdim etildi
1
.
Ushbu farmon bilan tadbirkorlik faoliyatini qo‗llab-quvvatlash jamg‗armasi
tomonidan yordam berish ko‗lami yanada kengaytirilmoqda. Hozirgi kunda
tadbirkor olgan kredit stavkasi 24 foizgacha bo‗lganda uning 8 foizini jamg‗arma
qoplab berar edi. Endi kredit stavkasi 28 foizgacha bo‗lganda ham uning 12 foizini
davlat qoplaydi. Buning uchun tadbirkorlarning 3 trillion so‗mlik kreditlari foizini
qoplashga jamg‗armadan qo‗shimcha 400 milliard so‗m yo‗naltiriladi. Asosiysi,
endi jamg‗arma bir tadbirkorning faqatgina bitta loyihasiga kafillik berishi
bo‗yicha cheklov ham bekor qilinadi. Ta‘kidlash joizki, mazkur hujjatga ko‗ra,
qiyin ahvoldagi korxonalar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va aholining 12 trillion
so‗mlik kredit majburiyati muddati uzaytirilmoqda. Shu bilan birga moliyaviy
qiyinchiliklarga yuz tutgan korxonalarga nisbatan bankrotlik tartib-taomillari
tashabbusi bilan chiqish va ularni bankrot deb e‘lon qilishga moratoriy joriy
qilindi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 apreldagi
―Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub‘yektlarini qo‗llab-
quvvatlashga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi farmoniga muvofiq
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi ―Koronavirus
pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub‘yektlarini
qo‗llab-quvvatlashga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PF–5978-son
Farmonining 6-bandida nazarda tutilgan soddalashtirilgan tartibda soliqlarni
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 3 апрелдаги ПФ-5978-сонли ―Коронавирус
пандемияси даврида аҳоли, иқтисодиѐт тармоқлари ва тадбиркорлик субъектларини қўллаб-
қувватлашга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида‖ги фармони// Халқ сўзи, 2020 йил 4 апрель.
126
to‗lash bo‗yicha foizsiz kechiktirish (bo‗lib-bo‗lib to‗lash) berish muddati 2020 yil
31 dekabrgacha uzaytirish belgilandi
1
.
AOKAda o‗tkazilgan brifingda Davlat soliq qo‗mitasi boshqarma boshlig‗i
o‗rinbosari Muzaffaryusuf Nazarov bergan ma‘lumotlarga ko‗ra O‗zbekistonda
karantin davrida 142,5 mingta kichik biznes sub‘ekti jami 332,8 mlrd so‗m
miqdoridagi soliqlardan ozod etilgan. Bu summa ikki turdagi – mol-mulk va Еr
solig‗i hissasiga to‗g‗ri keladi. Kichik tadbirkorlik sub‘yektlariga foizsiz
kechiktirish imkoniyati (bo‗lib-bo‗lib to‗lash) taqdim etilgan, aprel-may oylari
uchun to‗lanishi lozim bo‗lgan mol-mulk va Еr solig‗i summalaridan voz
kechilgan.Bugungi kunda bu huquqdan foydalanishni istagan 4259ta sub‘ekt soliq
organlariga murojaat qilgan. Natijada 2422ta soliq to‗lovchining 123 milliard so‗m
miqdoridagi kechiktirilgan soliqlaridan voz kechilgan
2
.
Yuqoridagi lardan kelib chiqib, aytish lozimki, transaksiya xarajatlarini
pasaytirish va ular tarkibini optimallashtirish tadbirkorlarni moliyaviy-iqtisodiy
salohiyatini ko‗tarishning ta‘sirchan yo‗li bo‗lib, u tadbirkorlar tomonidan ishlab
chiqarilgan mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini
oshirishga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilashga ko‗proq ichki investitsiyalarni ajratishning samarali vositasi bo‗lib
xizmat qiladi.
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 27 апрелдаги ―Коронавирус пандемияси
даврида аҳоли ва тадбиркорлик субъектларини қўллаб-қувватлашга доир қўшимча чора-тадбирлар
тўғрисида‖ги фармони//
https: //uza.uz/oz/ documents /koronavirus-pandemiyasi-davrida-a-oli-va-
tadbirkorlik-subekt-27-04-2020
2
Карантин даврида кичик бизнес вакиллари 332,8 млрд сўм солиқдан озод этилган //https: //kun.uz
/news/2020/06/23/karantin-davrida-kichik-biznes-vakillari-3328-mlrd-som-soliqdan-ozod-etilgan
|