Oilaning ijtimoiy vazifasi –farzandlarni tarbiyalash, yaxshi inson qilib kamolga yetkazish, ularning tabiat va jamiyatga nisbatan o’zaro munosabatini shakllantirish, vaqtida dam olishi va salomatligini ta’minlash kabilar kiradi; Oilaning iqtisodiy vazifasi – oila a’zolarining yashash uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklar – uy-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak, texnika vositalari bilan ta’minlash kiradi. Oilaning mavjudligi uning o’z vazifalarini bajarishi bilan uzviy bog’liq.
Oilaning demografik vazifasi -(naslning davomiyligini ta’minlash) ni
bajarmas ekan, oilada natijada oila davom etmaydi. Xalqimiz “Oilalari mustahkam bo’lgan, ravnaq topgan mamlakat qudratli va farovon bo’ladi”, - deyishi bejiz emas. O’zbek oilasi o’zining bolajonligi, ota-ona farzandlar o’rtasidagi munosabatlarning samimiyligi, or-nomusning kuchliligi, yoshlarga izzat, keksalarga hurmat kabi fazilatlari bilan alohida ajralib turadi. Sharqda ota oilaning boshlig’i, uning ta’minotchisi va posboni bo’lsa, ona esa uning ko’rki, orastaligi, fayzidir. Farzandlar esa oila gulshanining g’unchalari hisoblanadi. O’zbekistonda yoshlarning nikohdan o’tish darajasi yuqori bo’lsada, eng muhimi oilalarning buzilishi dunyo bo’yicha eng past darajadadir.
Oilaning muqaddas vazifasi – qobiliyatli farzandlarni o’stirish, ularni jismoniy, intellektual va ma’naviy tomondan yetuk qilib, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdan iboratdir. Oila muqaddas tushunchalar asosida rivojlanib, takomillashib boradi. Er-xotinning ahilligi, ma’naviyati, bilim darajasi, oila munosabatlari madaniyati nazariyasining metodologik asosini tashkil etadi. Ammo ushbu omillarning birortasining muvozanati buzilsa, oila mustahkamligiga putur yetadi. Uning sabablari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, oilalarning buzilib ketishiga er va xotinning dunyoqarashi, qiziqishi, ehtiyoji yaqin emasligi;
Ikkinchidan, erkakning zararli odatlariga berilib ketishi (spirtli ichimlik, giyohvandlik moddalar va shu kabilar) natijasida oila byudjetiga zarar keltirilishi, farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik;