2. ma`Ruza mavzu: Sanoat changlarining hosil



Yüklə 23,61 Kb.
səhifə2/3
tarix18.11.2023
ölçüsü23,61 Kb.
#132720
1   2   3
2-Maruza

Zarrachalar abrazivligi. Zarrachalar abrazivligi gaz tezliklari va chang konsentratsiyasi bir xil bo‘lganda metallning yeyilishi intensivligini harakterlaydi. Bu ko‘rsatkich zarrachalarning qattiqligi, formasi, o‘lchami va zichligiga bog‘liq bo‘ladi. Abrazivlik qurilmani hisoblashda (gaz tezligini, qurilma devori va qoplash materiallari qalinligini tanlashda) e’tiborga olinadi.
Zarrachalarning namlanish hossasi. Zarrachalarni namlanish hossasi ho‘l usulda chang ushlovchi qurilmalar samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Tekis zarrachalar notekis yuzali zarrachalarga qaraganda yaxshi namlanadi, chunki notekis yuzali zarrachalar namlanishni qiyinlantiruvchi, gaz pardasi bilan ko‘proq darajada o‘ralgan bo‘ladi.
Namlanish harakteri bo‘yicha barcha qattiq jismlar uch asosiy guruhga bo‘linadi:

    1. Gidrofil materiallar yaxshi namlanuvchi: kalpsiy, kvars, silikatlar va oksidlangan

minerallar;

    1. Gidrofob materiallar yomon namlanuvchi: grafit, ko‘mir, oltingugurt;

    2. Absolyut gidrofob materiallar: parafin, teflon, bitumlar.



Chang qatlamini elektr o‘tkazuvchanligi. Bu ko‘rsatkich chang qatlamini solishtirma elektr qarshiligi psl bilan baholanadi. Solishtirma elektr qarshiligi alohida zarrachalarning xossalariga (yuzasi va ichki elektr o‘tkazuvchanligi, zarrachalar formasi va o‘lchamlariga), shuningdek qatlam strukturasi va gaz oqimi parametrlariga bog‘liq bo‘ladi. Ular elektrofiltrlar ishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Changlar solishtirma elektr qarshiligiga qarab uch guruhga bo‘linadi:

  1. Past Om. li changlar psl < 104 Om.sm. Bunday chang zarrachalarini elektrodda cho‘ktirishda ular tezda zaryadsizlanadi, bu o‘z navbatida ularni qayta olib keltirilishiga (ushlab qolinmasdan) olib keladi.

  2. psl=104-1010 Om.sm. bo‘lgan changlar. Bu changlar elektrofiltrda yaxshi ushlanadi, chunki zarrachalarning zaryadsizlanishi tez bo‘lmaydi, balki qatlam yig‘ilishi uchun kerakli bo‘lgan vaqt oralig‘’ida bo‘ladi;




  1. psl>1010-1013 Om.sm. bo‘lgan changlar. Bu guruhdagi changlarni elektrofiltrlarda ushlab qolish katta qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu guruhdagi chang zarrachalari elektrodda zich bo‘lmagan qatlam hosil qiladi.




Yüklə 23,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin