Yakuniy nazoratda “Yozma ish”larni baholash mezoni Yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida amalga oshirilganda, sinov ko‘p variantli usulda o‘tkaziladi. Har bir variant 3 ta nazariy va amaliy savoldan iborat bo‘ladi. Nazariy savollar fan bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar asosida tuzilgan bo‘lib, fanning barcha mavzularini o‘z ichiga qamrab olgan.
Har bir nazariy savolga yozilgan javoblar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0-20 (0-15 yoki 0-10 yoki 0-5) ball oralig‘ida baholanadi. Bunda imloviy xatoliklar va husnixat inobatga olish nazarda tutiladi. Talaba maksimal 50 ball to‘plashi mumkin. 3 ta nazariy savoldan iborat variant namunasi quyidagi shaklda taklif etiladi:
Namuna TATU Samarqand filiali TTKT fakulteti Axborot xavfsizligi kafedrasi
“Kriptografiya 1” fanidan
Yakuniy nazorat savollari
Variant №1
№
Savol
Tayanch so‘zlar
Maksimal ball
1
AXBT (axborot xavfsizligini boshqarish tizimi) da muvofiqlikni baholash standartdlari va ularni qo‘llanishi
Jarayonli yondashuv;
PDCA modeli;
15
2
Tarmoqlararo ekranlarning ishlash xususiyatlari.
FireWall;
Asosiy funksional imkoniyatlari;
15
3
Elektron raqamli imzoni shakllantirish va tekshirishda asimmetrik shifrlashning algoritmlari
Elektron raqamli imzoni;
Diffi-Xelman algoritmlari;
15
4
Imloviy jihatlari
Imloviy xatoliklar;
Husnixat;
5
Kafedra mudiri: Zaynalov N.R.
Yozma sinov bo‘yicha umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo‘yilgan o‘zlashtirish ballari qo‘shiladi va yig‘indi talabaning yakuniy nazorat bo‘yicha o‘zlashtirish bali hisoblanadi.
Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda , baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.