2415-modda. Litsenziyalash to’g’risidagi qonun hujjatlarini va ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish
Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish, shu jumladan litsenziyalarning va ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlarini qonunga xilof ravishda joriy etish, –mansabdor shaxslar va xizmatchilarga eng kam ish haqining o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
2416-modda. Imtiyozlar va preferensiyalarni qo’llashni g’ayriqonuniy ravishda rad etish, qo’llamaslik yoki qo’llashga to’sqinlik qilish
Tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qo’llashni g’ayriqonuniy ravishda rad etish, qo’llamaslik yoki qo’llashga to’sqinlik qilish, –mansabdor shaxslar va xizmatchilarga eng kam ish haqining o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
2418-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarining hisobvaraqlarida pul mablag’lari mavjudligi to’g’risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish
Qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik sub’ektlarining hisobvaraqlarida pul mablag’lari mavjudligi to’g’risidagi axborotni talab qilib olish, – mansabdor shaxslar va xizmatchilarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.