5
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA KURS LOYIHASINI
BAJARISH TARTIBI HAQIDA
NIZOM
1. KURS LOYIHASINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Oliy
texnik
va
texnologik
ta’lim yo‘nalishlari va
mutaxasisliklari bitiruvchilarida moddiy ishlab chiqarishdagi ilmiy
texnik masalalarni yechimini topishga imkon beruvchi chuqur bilim
va ko‘nikmalarni shakllantirishda kurs loyihalarining ahamiyati
kattadir. Kurs loyihasini bajarish jarayonida talaba egallagan nazariy
bilimlari va mavjud meyoriy hujjatlar, ma’lumotnomalar va
zamonaviy
axborot
texnologiyalaridan
foydalanib
amaliy
masallalarni mustaqil ravishda yechish hamda o‘z g‘oya va
yechimlarini jamoada himoya qilish ko‘nikmasini egallaydi.
Kurs loyihasini bajarishdan maqsad – o‘quv rejasida ko‘zda
tutilgan muayyan fan bo‘yicha ma’ruza, tajriba va amaliy
mashg‘ulotlarda
olingan
nazariy
va
amaliy
bilimlarni
mustahkamlash,
chuqurlashtirish,
umumlashtirish
va
ushbu
bilimlarni konkret muxandislik masalalasini mukammal yechishda
qo‘llashdir.
Kurs loyihalari tizimi orqali talaba murakkabroq muhandislik
masalasini – malakaviy bitiruv ishini bajarishga tayyorlanadi. Shu
bilan bir qatorda kurs loyihasi talabada davlat standartlari, soha
me’yorlari, ma’lumotlar, narhnomalar, jadvallar, nomagrammalar,
namunaviy loyihalar, yuriqnomalar va muqaddam egallangan
tajribalardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantiradi. Shuningdek,
kurs loyihasi talabalarda hisob-kitoblarini bajarish, texnik-iqtisodiy
yechimlarining chizmalarini tuzish, tushuntirish xisobotlarini
rasmiylashtirish ko‘nikmalarini hosil qilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: