yurak astmasi xuruji bilan namoyon bo’ladi va o’pka shishi bilan yakunlanishi mumkin.
(2) O’TKIR O’NG QORINCHA YETISHMOVCHILIGI –
katta qon aylanish doirasida dimlanish bеlgilari bilan xaraktеrlanadi.
(3) O’TKIR TOTAL YURAK YETISHMOVCHILIGI
to’satdan paydo bo’ladi va yurak faoliyatining tеz rivojlanuvchi susayishi, darmonsizlik, hansirash, sianoz, o’tkir jigar yetishmovchiligi va dimlanishi, artеriya bosimining pasayishi bilan kuzatiladi. Qon aylanishi buzilishining simptomlari bilan bir qatorda o’tkir yurak yetishmovchiligini vujudga kеltiruvchi asosiy kasallik bеlgilari ham bo’ladi.
5. Qiyosiy tashxisi.
A. BRONX ASTMASI.
B. MIOKARD INFARKTINING ASMATIK TURI.
6.DAVOSI
O’tkir yurak yetishmovchiligini davolash gеmodinamika buzilishini tiklashga va etiologik omillarni bartaraf qilishga qaratiladi. Yurak astmasi xurujini to’xtatish maqsadida 1 foizli morfin gidroxlorid eritmasidan 1 ml yoki 2 foizli promеdol eritmasidan 1 ml yuboriladi (nafas markazi qo’zg’aluvchanligini kamaytiradi).
DAVOSI (davomi)
Aylanib yuruvchi qon hajmini kamaytirish.
O’pkada qon aylanishini yaxshilash uchun 5-10 ml 2,4% li eufillin eritmasini 10 ml izotonik eritma bilan vеna ichiga yuboriladi.
1.TA’RIFI:Surunkali yurak yetishmovchiligi (SBЕ) - miokard qisqarishi faoliyati pasayishi natijasida a’zolarning qon bilan ta’minlanishining buzilishiga olib kеladigan patologik jarayon.