67
muhit bilan muvozanatda bo‘lishi asab sistemasi tufayli yuzaga
chiqadi. Oliy darajadagi organizm bo‘lmish odamda tashqi muhit
bilan bog‘lanish, aloqada bo‘lishning yangi shakllari vujudga kelib,
qaror topib borgan. «Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosida, –
deb yozadi I. P. Pavlov, – odam darajasiga kelganda asab faoliyati
mexanizmlariga juda ham katta qo‘shimcha qo‘shi ladi»
1
.
Bu qo‘shimcha odamda nutq paydo bo‘lib, ikkinchi signal
sistemasi yuzaga kelishi va rivojlanib borishidan iborat bo‘ladi.
Nutqning yuzaga kelishi va idrok qilinishida biz «signallar-
ning signallari» (I. P. Pavlov) tarzidagi so‘zlardan foydalanamiz,
ya’ni so‘zlarni tanlaymiz va ularning ma’nosiga qarab tahlil
qilamiz, ajratamiz. Bu murakkab jarayon katta miya yarim
sharlarining po‘stlog‘ida amalga oshiriladi. Bolada ayrim tovush
va fonemalar hayotining dastlabki oylarida paydo bo‘lsa-da,
lekin ular hali tegishli signallar rolini o‘ynamaydi, ma’lum bir
tushunchani, ma’noni ifoda qilmaydi. So‘zni, gapni talaffuz etish,
narsalarning nomini, gaplardan iborat nutqni tushunish uchun
miyada shartli aloqalar qaror topishi fiziologik korrelantlar paydo
bo‘lishi, ya’ni miya faoliyatining tegishli mexanizmlari yuzaga
kelishi lozim.
So‘nggi 40 yil mobaynida fiziologlar (P. K. Anoxin, N.A. Bern-
shteyn) hamda psixologlar (A. R. Luriya, A. N. Leon tyev,
E. G‘oziyev, D. N. Uznadze, AQSHda Dj. Miller va boshqalar)
olib bor gan ilmiy-tadqiqot ishlaridan ma’lum bo‘lishicha, nutq
faoliyatining fiziologik asosini bunday tushunish uni butunlay
ochib berib, talqin qilish uchun yetarli emas.
P. K. Anoxin tadqiqotlaridan olingan ma’lumotlar nuqtayi
nazaridan qaraganda, nutq faoliyatining fiziologik asosini
ixtisoslashgan funksional sistema yoki, aniqroq aytganda, bir necha
funksional sistemalardan iborat murakkab uyushma tashkil etadi,
bu funksional sistemalardan ayrimlari nutq uchun ixtisoslashgan
1
Dostları ilə paylaş: