I. Fanning mazmuni Maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat kursining maqsadi:
Pedogogik innovatsiyaning obyekti, predmeti va asosiy tushunchalari bilan tanishtirish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlar boshqaruv jarayonlarida innovatsion konseptual modellari;
Maktabgacha ta’lim tashkilotining innovatsion bankini yaratishni o’rgatishda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining innovatsion faoliyatini boshqarish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi innovatsion jarayonlarni tartibga solish va tajribani kengaytirish bo’yicha axborotini boshqarish;
Maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat fanini nazariy milliy asoslari bilan qurollantiradi.
O’qitish jarayonida maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat bo’yicha mahorat, tashkiliy metodik malaka, bilimlarni amalga tadbiq qila bilish qobiliyatini rivojlantirish.
Maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat fanining vazifalari:
-innovatsiyaning metodologik asoslari, pedagogik innovatika: obekt, mavzu va asosiy tushunchalar;
-ta’limdagi innovatsiyalar klassifikatsiyalashni va tasniflanishi;
-pedagogik innovatsiyalarning tashkil etish va amalga oshirish;
- innovatsiyalarni tashkil etish va joriy etish bo’yicha kompleks maqsadli dasturlarni tuzish;
-maktabgacha ta’lim tashkiloti jarayoniga innovatsion dasturini model sifatida joriy etish;
Shuningdek, maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyatning mazmuni, o’ziga xos xususiyatlari, ta’limiy – tarbiyaviy jihatlarini topishi, hamda kasbiga bo’lgan pedagogik asoslarini va munosabatni shakllantirishni o’rgatadi.