Aniq bir amaliy misolda talabalar aniq bir vaziyatda toʻg‘ri qaror qabul qilish algoritmiga oʻrgatiladi
Muammo ifodalangan
Aniq vaqt mobaynidagi vaziyat tavsiflanadi, muammo aniqlanadi va aniq ifodalanadi
Muammo ifodalanmagan
Oldingi variantdagiga qaraganda, murakkabroq vaziyat tavsiflanadi, unda muammo aniqlanmagan boʻlib, statisik ma’lumotlarda, jamoat fikri, hokimiyat organlari va boshqalarning bahosi orqali taqdim etiladi
Amaliy mashqlar
Aniq paydo boʻlgan vaziyat tavsiflanadi, undan chiqish yoʻllarini topish tavsiya etiladi. Bunday keyslarning maqsadi – muammoni yechish yoʻlini izlashdan iborat
Oʻquv materialining xarakteridan kelib chiqqan holda oddiy, murakkab tarkibiy tuzilishga ega boʻlmagan, ya’ni mini testlardan ham foydalanish amaliy qiymatga egaligi ta’lim amaliyotida oʻz tasdig‘ini topgan. Murakkab keys (muammoli vaziyat)lar quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega boʻladi:
Pedagogik annotatsiyа.
Kirish.
Keys (muammo)ning bayoni.
Keys (muammo)ni yechish yuzasidan topshiriq (yoki savol)lar.
Foydalanish uchun adabiyotlar rо‘yxati.
Metodik kо‘rsatmalar.
Keysni yechish jarayoni (tahlil va yechim variantlarini ilgari surish, variantlar maqbulligini tekshirish).
Keys yechimi bо‘yicha taqdimotni tashkil etish.
Keys yechimini tahlil qilish.
О‘qituvchi (keysolog)ning yechimi.
Keys (muammo)ning bayoni.
Keys (muammo)ni yechish yuzasidan topshiriq (yoki savol)lar.
Foydalanish uchun adabiyotlar rо‘yxati.
Metodik kо‘rsatmalar.
Keysni yechish jarayoni (tahlil va yechim variantlarini ilgari surish, variantlar maqbulligini tekshirish).
Keys yechimi bо‘yicha taqdimotni tashkil etish.
Keys yechimini tahlil qilish.
О‘qituvchi (keysolog)ning yechimi.
Mini keyslar uchun quyidagi tarkibiy tuzilmaga egalik xarakterlidir:
Keys metodini amalga oshirish bosqichlari:
keys bilan tanishuv;
asosiy muammoni ajratib olish;
g‘oyalar yig‘ish va izlash;
keys yechimini tavsiya qilgan g‘oyalarni tahlil qilish;