Oʻz – oʻzini nazorat qilish uchun savollar
Qidiruv tizimlarining qanday turlarini bilasiz?
Internetda nisbatan ommabop qidiruv mashinalarini ayting?
Portal nima?
Portallarga qanday talablar qoʻyiladi?
Portalning maqsadi nima?
Internetga joylashtirilgan Web – saytlarning qanday turlari mavjud?
ZiyoNet jamoat axborot ta'lim portali qachon ish boshlagan?
ID.UZ qanday sayt?
AMALIY MASHG‘ULOT TOPSHIRIQLARI
1–topshiriq. “FSMU” texnologiyasi asosida berilgan vazifani bajaring.
“FSMU” texnologiyasi
(F) – Fikringizni bayon eting.
(S) – Fikringiz bayoniga biron sabab ko‘rsating.
(M) – Ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring.
(U) – Fikringizni umumlashtiring.
Ushbu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, egallangan bilimlarni tahlil qilishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi.
9-mavzu: Pedagogik texnologiyaning ilmiy-nazariy asoslari.
Reja:
Pedagogik texnologiya: mazmuni va mohiyati.
Pedagogik texnologiyaning qonuniyatlari, tamoyillari va turlari.
Oʻquv maqsadlarini texnologik loyihalash .
Mavzuning qisqacha mazmuni: ushbu mavzuda pedagogik texnologiya tushunchasi va uning shakllanishidagi tarixiy davriylik, pedagogik texnologiya tushunchasiga nazariy yondashuvlar, pedagogik texnologiyaning qonuniyatlari, tamoyillari va turlari oʻquv maqsadlarini texnologik loyihalash haqida tushuncha beriladi.
Dostları ilə paylaş: |