100000, Toshkent sh., Amir Temur shoh ko’chasi 60 A 100000, Tashkent, Amir Temur street 60A Tel: (998) 71 234-53-34, (998) 71 234-67-71 Phone: (998) 71 234-53-34, (998) 71 234-67-71 tmidevon@exat.uz, devonxona@tfi.uz, www.tfi.uz tmidevon@exat.uz, devonxona@tfi.uz, www.tfi.uz
№_________________ “_____” ____________________20___ yil
Oʻzbekiston sport telekanali Raisi Z.B. Karimovga Hurmatli Zaxid Baxrimuratovich,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 4/18-256-son qaroriga muvofiq talaba-yoshlar va professor-o’qituvchilarning Oliy ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan yirik targ’ibot tadbirlarini o’tkazish yuzasidan Toshkent moliya institutida “Voleybol” sport turidan “Rektor Kubogi” musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining xodimi, Madaniyat va san’at vakillari, institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtiroki ko‘zda tutilgan.
Tadbir 2023-yilning 6-aprel kuni soat 1500da (Yunusobod tumani, Niyozbek yo’li, 3-tor 57-uy) Toshkent moliya instituti sport majmuasi hududida boʻlib oʻtadi.
Sizdan mazkur tadbirni rahbarligingizdagi informatsion dastur orqali yoritishda amaliy yordam koʻrsatishingizni soʻraymiz.
Hurmat bilan, Toshkent moliya instituti birinchi prorektori K.Karimova