Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


ASHYOLARNI KO‘ZDAN KECHIRISH



Yüklə 1 Mb.
səhifə214/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

ASHYOLARNI KO‘ZDAN KECHIRISH – jinoyat izlarini bevosita aniqlash, o‘zlashtirish, jinoyatni sodir etish yoki yashirish bilan aloqador deb gumon qilinayotgan moddiy obyektlarning holati, o‘ziga xos xususiyatlari, belgilari va tarkibini tadqiq qilish hamda mustahkamlashdan iborat bo‘lgan tergov harakati.


B


BAYONNOMALAR – jinoyat protsessida tergov va sud harakatlarini olib borish tartibi va natijalarini qayd qiladigan protsessual hujjat.

BEVOSITA DALILLAR – jinoyat ishi to‘g‘risida to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lumot beruvchi va jinoyat to‘g‘risidagi bevosita belgilarga ega bo‘lgan faktik ma’lumotlar.



BIRINCHI INSTANSIYA (lot. instantia – bevosita yaqinlik) – ma’muriy va sud huquqi termini bo‘lib, mazkur muassasa yuqori va quyi turgan muassasaga nisbatan turgan bosqichidir.

BIRINCHI INSTANSIYA SUDI – jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining sudloviga yuqori sudlarning va harbiy sudlarning sudloviga tegishli bo‘lgan ishlardan tashqari hamma jinoyat ishlari tegishlidir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy Sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudloviga qonunda nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar tegishlidir. Harbiy sudlar sudloviga tegishli ishlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining sudloviga o‘ta murakkab va ahamiyatli ishlar tegishlidir.


D


DA’VO – buzilgan huquqlarni tiklash to‘g‘risidagi sud orqali yoki boshqa yo‘llar bilan qo‘yilgan talab.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin