Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


MAVZUGA OID MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR



Yüklə 1 Mb.
səhifə77/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

MAVZUGA OID MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR

  1. Rad qilish instituti jinoyat protsessida xolislik, beg‘arazlik va odillikni ta’minlaydi, bir tomonlamalikni inkor etadi. Rad qilish va o‘zini o‘zi rad qilish institutining protsessual farqini tahlil qiling.

  2. Rad qilish dastlabki tergov va sudda jinoyat ishi holatlarini xolis va beg‘araz tekshirishni hamda shu orqali jinoyat sud ish yurituvi maqsadlariga erishishni kafolatlash vositasi vazifasini bajaruvchi jinoyat protsessual huquq instituti hisoblanadi. Jinoyat ishi yurituviga mas’ul mansabdor shaxslarni xolisligiga va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar deganda nima tushuniladi?



1-kazus
Sud tergovi jarayonida sudlanuvchi Kabirov o‘z himoyachisini rad qilish to‘g‘risidagi iltimos bilan sudga murojaat etdi. Kabirov o‘z iltimosini himoyachi jinoyat ishi materiallari bilan yetarlicha tanish emasligi bilan asoslantirdi va o‘z xohishiga ko‘ra, boshqa himoyachi jalb qilishni so‘radi. Sud o‘z navbatida himoyachi ishni davom ettirishi to‘g‘risidagi e’tirozlarini o‘rganib, ko‘rsatilgan vajlarni asossiz deb hisoblashi hamda himoyachini rad etish asoslari mavjud emas deb topib, sudlanuvchining iltimosini qanoatlantirmadi.
Sudning qarori to‘g‘rimi? Himoyachi qaysi hollarda rad etilishi mumkin?
2-kazus
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismi “g” bandi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblov hukmi chiqarilgandan so‘ng xalq maslahatchisi Kamilov ancha yil muqaddam ichki ishlar idoralarida halok bo‘lgan Suratov bilan birga xizmat qilganligi aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan xalq maslahatchisi raislik qiluvchiga xabar qilmagan.
Ushbu holat xalq maslahatchisini rad qilish uchun asos bo‘la oladimi? Hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng rad qilish uchun asos aniqlanadigan taqdirda qanday huquqiy oqibatlar kelib chiqadi?
MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR

  1. Xorijiy mamlakatlar jinoyat protsessida ishtirok etishga monelik qiladigan holatlarni ko‘rib chiqing. Ish shakli – nazorat ishi (esse).

  2. MDH mamlakatlari jinoyat-protsessual qonunchiligida rad qilishni amalga oshirish tartibini ko‘rib chiqing. Ish shakli – nazorat ishi (esse).


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin