Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Yüklə 1 Mb.
səhifə50/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR


Mazkur mavzuni o‘rganishda talabalar jinoyat protsessi prinsiplarining xalqaro hujjatlarda va tarmoq qonun hujjatlarida mustahkamlanishiga oid masalalarni ko‘rib chiqishlari; qiyosiy-huquqiy tahlil o‘tkazib, jinoyat ishlarini yuritishda amalga oshirishda ularning rolini aniqlashlari lozim.


MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR


1. Jinoyat protsessining prinsiplari ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, mohiyati va vazifasiga ko‘ra guruhlarga bo‘linadi: Jinoyat protsessi prinsiplarini tasniflab tahlil qiling.
2. Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi jinoyat protsessining markaziy prinsipidir, zero aynan mazkur prinsip jinoyat ishlari yurituvi tarixining eng muhim yutuqlaridan biri bo‘lib, jinoiy ta’qib ostidagi shaxsning huquqlari kafolati hisoblanadi. Aybsizlik prezumpsiyasining har bir kafolatini jinoyat protsessini boshqa prinsiplarga mantiqan bog‘lab tahlil qiling.


1-kazus
Fuqaro Azimov o‘zaro janjal jarayonida Soliyevga sog‘lig‘ining buzilishiga sabab bo‘lgan yengil tan jarohati yetkazgan. Surishtiruvchi Soliyevning arizasini tekshirish natijasida yig‘ilgan materiallarni ko‘rib chiqib, Azimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lganligi sababli jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror chiqargan.
Qabul qilingan qaror qonuniymi? Ushbu holatni jinoyat protsessi prinsiplarini qo‘llash nuqtayi nazaridan tahlil qiling.


2-kazus
Sudda jabrlanuvchi Kimsanov shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni, sha’ni, qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlar oshkor bo‘lmasligi uchun ishni yopiq sud majlisida ko‘rib chiqishni so‘rab sudga murojaat qiladi. Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi jabrlanuvchining iltimosini qanoatlantirmaydi.
Sudning harakatlari to‘g‘rimi? Tegishli qonun normalariga havola qilib muhokama qiling.
MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR
1. MDH davlatlarida va boshqa xorijiy davlatlarda jinoyat protsessi asosiy prinsiplarini ko‘rib chiqing. Ish shakli – nazorat ishi (esse).
2. Xorijiy davlatlarda odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik ishtirokining shakllarini ko‘rib chiqing. Ish shakli – nazorat ishi (esse).
3. Turli davlatlarda sudyalar mustaqilligining kafolatlarini ko‘rib chiqing. Ish shakli – nazorat ishi (esse).


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin