10
tizimining jami kapitali 2014-yilga nisbatan 23,3 foiz ko‘payib, 7 trillion 800
milliard so‘mga yetdi. So‘nggi 5-yilda mazkur ko‘rsatkich 2,4 barobar o‘sdi.
Bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi qariyb 24 foizni tashkil qildi. Bu
umumiy qabul qilingan xalqaro standartlardan 3-marta, bank likvidligi esa eng
yuqori ko‘rsatkichlardan 2-marta ko‘pdir.
Jahon miqyosida savdo-sotiq ishlarining o‘sish sur’ati sezilarli darajada
sustlashgani, eksport qilinadigan eng muhim tovarlarga nisbatan tashqi talabning
kamayishi va narxlarning pasayishiga qaramasdan, biz tashqi savdo aylanmasida
ijobiy saldoga erishdik. Bu esa davlatimizning oltin-valyuta zaxirasini oshirish
imkonini berdi.
Davlat qarzi darajasining pastligi, ya’ni yalpi ichki mahsulotga nisbatan 18,5
foizdan oshmagani ham mamlakatimizda erishilgan ijobiy natijalar va
makroiqtisodiy barqarorlik mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
O‘ta og‘ir va murakkab vaziyatda qo‘lga kiritilgan bunday yutuq va marralar
avvalo chuqur va atroflicha o‘ylangan siyosatning natijasi bo‘lib, ularning zamirida
mehnatkash, mard va matonatli xalqimizning qahramonona mehnati mujassam
ekanini ko‘ramiz.
2
Diagrammadan ko’rinadiki, 2005-2008 yillar davomida esa davlat byudjeti
taqchilligiga barham berib, davlat byudjeti profitsitini 0,1 foizdan 1,5 foizga qadar
oshirishga erishildi. Keyingi yillarda mazkur jarayonlarga ham jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatishiga qaramasdan, byudjet
profitsitini saqlab qolishga erishilmoqda. Xususan, juda murakkab kechgan 2014
va 2015 yillarda ham maqsadga muvofiq yo’naltirilgan chora-tadbirlar natijasida
byudjet daromadlari uning harajatlaridan ortish hajmi YaIMning 0,2 dan 0,1 foizi
darajasida bo’lishiga erishildi. Umuman olganda, davlat byudjeti sohasidagi
bunday natijalarni qo’lga kiritishda mamlakatimiz iqtisodiyotini bosqichma-
bosqich o’zgartirish va erkinlashtirish, ilgari davlat zimmasida bo’lgan bir qancha
Dostları ilə paylaş: