Prezident Islom Karimov O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatga
qo‘shilishining demokratik tamoyillari haqida.
O‘zbekiston
Respublikasi bugungi kunda O‘zbekistonni 170 dan ortiq davlat tan
olgan, dunyodagi 130 ga yaqin mamlakat bilan rasmiy diplomatik
munosabatlar o‘rnatilgan. Respublikada 88 ta chet davlat
vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tgan, 24 ta hukumatlararo tashkilot, 13 ta
nohukumat tashkilotlari ishlab turibdi. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda
O‘zbekiston elchixonalari va moliya tashkilotlari teng huquqli asosda
ishlab turibdi. Jahonning 140 mamlakati bilan savdo-iktisodiy
munosabatlar o‘rnatilgan. Toshkentda 35 mamlakat o‘z elchixonasini
ochgan.
O‘ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATINING
TO‘LAQONLI
SUB’EKTIGA AYLANISHI
O‘zbekiston 1992 yil 2 martda BMTga qabul qilindi. O‘zbekiston
Prezidentining tashabbusi bilan va BMT rahnomaligida 1995 yili
Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik muammolariga
bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. "O‘zbekiston,-degan edi
Islom Karimov,- milliy manfaatlariga mos keladigan,
ko‘p tomonlama
faol tashqi siyosatni amalga oshirish - davlatimiz mustaqilligini
mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq
turmushini yaxshilashning zarur sharti va
g‘oyat muhim vositasidir".
O‘zbekiston Prezidentining asosli mulohazalari bilan 1993 yil fevral
oyida Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi.
SIYOSATIMIZNING USTUVOR
YO‘NALISHLARI HAQIDA TO‘XTALIB:
PREZIDENT ISLOM KARIMOV "BIZNING BOSH MAQSADIMIZ - JAMIYATNI
DEMOKRATLASHTIRISH VA YANGILASH, MAMLAKATNI MODERNIZATSIYA
VA ISLOH ETISHDIR"
MA’RUZASIDA (2005 YIL 28 YANVARDA) TASHQI
1) dan, davlatimiz tashqi siyosatining
ma’no-mazmuni va maqsadi bitta -u ham bo‘lsa,
O‘zbekiston manfaati va yana bir bor O‘zbekiston manfaatidir.
2) Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash. Albatta bunda mintaqada
strategik mavhumlik saqlanib qolayotganligini ham tan olish kerak.
3)
"Qo‘shning tinch - sen tinch" hayotiy naqliga rioya etish.
4) BMT doirasida hamkorlikni rivojlantirish. Shuningdek, YeXHT, Yevropa Ittifoqi,
NATO, AQSh, Rosiya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlar
bilan demokratik tamoyillar asosida aloqalarni rivojlantirish.
5) Xalqaro terrorizm va radikalizmga qarshi kurashda birdamlikni
ta’minlash va h.k.
Agar XXI asrda ham demokratik davlatlarning o‘zaro tinch
munosabatlaridagi qonuniyat buzilmasa, unda hozir
dunyoda
ro‘y berayotgan demokratiyani kengayishi dunyo
global zonasining ham kengayishini anglatadi. Ehtimol,
yangi shakllanayotgan xalqaro munosabatlar tizmining
Vestfal tizimidan birinchi va asosiy farqi aynan mana
shundadir
.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
DIPLOMATIK ALOQALARIDA DEMOKRATIK
TAMOYILLAR
Global miqyosda demokratiya va avtoritarizm o‘trasidagi nisbatning o‘zgarishi amerikalik tadqiqotchi
F.Fukuyamaning
demokratiya g‘alabasini ovoza qilishiga hamda shu ma’noda tarixiy formatsiyalar
o‘rtasidagi kurash sifatida «tarixning yakunlanganligi» tug‘risida e’lon qilishga asos bo‘lib xizmat qildi.
Biroq, demokratiyaning keng miqyosda yoyilib borayotgani uning
to‘liq g‘alabasi degani emas.
Kommunizm biroz
o‘zgartirilgan ko‘rinishda bo‘lsa-da, Xitoy, Vetnam, Shimoliy Koreya, Laos, Kubada
saqlanib qolindi uning izlarini Sobiq Ittifoqning ayrim davlatlarida, Serbiyada sezish mumkin.
Shimoliy Koreyadan tashqari boshqa barcha sotsialistik mamlakatlarda bozor iqtisodiyoti
elementlari paydo
bo‘lmoqda, ular u yoki ma’noda jahon iqtisodiy tizimiga jalb etilmoqda.
Saqlanib qolgan ayrim kommunistik davlatlarning boshqa mamlakatlar bilan munosabatlari «sinfiy
kurash» tamoyilidan ko‘ra, «Birga tinch yashash» tamoyiliga asoslanadi. Qisman amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va xalqaro iqtisodiy aloqalar uchun ochiq bo‘lishlik siyosiy
erkinliklarni kengaytirishni talab etuvchi ijtimoiy kuchlarni yuzaga chiqaradi. Biroq, bir partiyaviylik
tizimi teskari tomonga qarab ish olib bormoqda. Natijada liberalizmdan avtoritarizmga,
avtoritarizmdan tiberalizmga qarab harakat qiluvchi
«arg‘imchoq» effektini kuzatish mumkin.
•
TIQXMMI MTU ning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar
institute
Sirtqi fakulteti
Elektr Energetika
ta’lim yo’nalishi
132 - guruh talabasi
Erbutayev Yusufjonning
O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
MUSTAQIL ISHI
|