112
Signalizatsiya transporti tizimi BICC protokolining asosiy tashkil
etuvchilaridan biri hisoblanadi. Har bir signalli aloqaga bittadan STC
(Signaling Transport Converter) ob’ekti ko’zda tutilmoqda. BICC
protokoli SAP (Service Access Point) xizmatiga
mos ulanish nuqtasini
ishlatish bilan bu signalli aloqa xabarlarini uzatadi yoki qabul qiladi.
Ikkita
(Call
Service
Function)
chaqiriqlarga
xizmat
ko’rsatish
funksiyalari bir xil ahamiyatga ega bo’lgan bloklari, ular orasida
ma’lumotlarni ishonchli uzatilishi va xizmatlarga
ulanishning indikatsiyasi
uchun BICC signalli ma’lumotlarini tashish xizmatini ishlatadi. Shunday
qilib, bir darajali BICC protokolli birliklari orasida BICC xabarlarining
almashinuvi bu xizmatdan foydalanish orqali bo’lib o’tadi.
4.6.
SIGTRAN protokoli
Signaling Transport (SIGTRAN) protokoli IP-tarmoqlar bo’yicha
signalli ma’lumotlarni uzatish uchun protokollar to’plamidan iborat. U
VoIP
taqsimlangan
arxitekturasida
asosiy
transport
komponenti
hisoblanadi va SG, MGC, Gatekeeper (darvozabon) kabi qurilmalarda
ishlatiladi [1].
SIGTRAN ma’lumotlar oqimlarini boshqarish protokoli (Stream
Control Transmission Protocol, SCTP)
va moslashtirish darajalari
funksiyalarini ishlatadi. SCTP signalli ma’lumotlarni ishonchli uzatilishiga
javob beradi, oqimlarni boshqarishni amalga oshiradi,
xavfsizlikni
ta’minlaydi. Moslashtirish darajalari funksiyalariga SCTP xizmatlarini
ishlatadigan mos signalli darajalardan signalli ma’lumotlarni uzatish
kiradi. Bu protokollar foydalanuvchilar ma’lumotlarini segmentlashtirilishi
113
va paketlashtirilishi, qonuniy foydalanuvchining imitatsiyalanishidan,
uzatiladigan ma’lumotlar mazmunini o’zgartirilishidan
himoyalash va
boshqa qator funksiyalarga javobgar.
Dostları ilə paylaş: