106
4.5-rasm. H.323 arxitekturasi
Masalan, chaqiriqni qayta manzillashtirish H.450, H.225.0 va H.245
protokollarining qismlarini ishlatilishini talab qiladi. Bundan tashqari,
H.323 protokoli o’sha bir funksiyaning bir necha ishlatilish usullarini
taqdim etadi. Masalan, H.245 va H.225.0 protokollarining
uchta turli
birgalikda ishlatilish usullari mavjud. H.323 boshlang’ich versiyada har
bir protokol uchun alohida bog’lanishlar o’rnatildi. Dastlab H.225.0 kanali
tashkil etiladi, uning doirasida ikkita darvozabon bog’lanadi va
signalizatsiyaning ulanishini o’rnatilishi uchun parametrlar aniqlanadi.
Keyin telefon bog’lanishini o’rnatilishiga imkon beradigan Q.931
protokolining ISDN soddalashtirilgan varianti bo’yicha almashinuv bo’lib
107
o’tadi. Keyin multimediali sessiya parametrlarini (kanalning kengligi,
kodek turi va boshqalar) nazorat qilish uchun zarur bo’ladigan H.245 uchun
kanal
ochiladi, va faqat bundan keyin multimediali paketlar uzatish
kanali o’rnatiladi. Bu tarmoq elementlari orasida signalli xabarlarni uzoq
almashinuvini talab qiladi.
H.245 va H.225.0 protokollarning birga ishlatilishining ikkinchi
usuli birinchi usuldan H.245 protokol H.225.0 protokol orqali
tunnellashtirilishi bilan farqlanadi.
Uchinchi variant H.323v2 protokoli versiyasida Q.931 va H.245
protokollarni birlashtiradigan FastStart protsedurasi ko’rinishida
taqdim
etiladi, ya’ni bog’lanishga dastlabki so’rovga bo’lajak sessiyaning
parametrlari kiritilgan. FastStart samaraliroq bo’lsada, H.323 protokoli
uchta protseduralardan istalganini ishlatilishiga imkon beradi, ularni
qo’llanishiga darvozabon va shlyuz tayyor bo’lishi kerak,
bu usiz ham
nomi bo’lmagan masalani yanada murakkablashtiradi.
H.323 protokol ITU-Tda ishlab chiqilganligi bois, sezilarli harakatlar
qo’shimcha tovushli xizmatlarni aniqlashga sarflandi. Hozirgi vaqtda H.323
protokoli ko’plab tovushli xizmatlarni aniqlaydi
H.323 protokoli ulardan ko’pchiligi keyingi versiyada yo’qotilishi
kerak bo’lsada, o’zining hozirgi ko’rinishida qator kamchiliklarga ega.
Etarlicha spetsifik texnik masalalar, masalan, bog’lanishni o’rnatilishining
uzoq vaqti aktiv hal etilmoqda. Lekin umumiyroq masalalar,
xususan
protokolning murakkabligi muammoliroq. Bu holat kodni yozish va
sozlashning qiyinchiligi tufayli H.323 protokoli bazasidagi mahsulotlarni
ishlab chiqilishini sustlashtiradi.
Nihoyat, H.323 protokoli dastlab lokal tarmoqlar uchun bir darajali
108
protokol sifatida aniqlangan va u hozircha foydalanuvchilararo (yoki bir
darajali) interfeysdan farqli tarmoqlararo interfeysga ega emas va o’ta
yuklanishlarni nazorat qilishni ta’minlamaydi. Telefon servislarining
kerakli ishlashi va korporativ talablarga
rioya qilish uchun aniq
tarmoqlararo protokol zarur bo’ladi. Uning bo’lmasligi xususiy tarmoqlar
hollarida, kompyuterdan kompyuterga tovushli qo’ng’iroqlarda va hatto
ko’plab xalqaro chaqiriqlarda muammolarni hosil qilmaydi. Biroq, agar
operatorlar butun davlat o’lchamlarida xizmatlarni taqdim etish uchun yoki
telefon tarmoqlari orasida bog’lanishlarni ta’minlash uchun tarmoqni
yaratishni istashsa, u holda bu masala muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
So’nggi vaqtlarda ko’plab xizmatlar provayderlar aynan aytib o’tilgan
sabablarga ko’ra SIP foydasiga H.323 dan voz kecha boshlashdi.
Dostları ilə paylaş: