Kundalik Magistr satajirovka 2023 .Mikrobiologiya docx
Kasbiy amaliyot:
tegishli soha ilmiy-amaliy muammolarini va istiqbol rivojlanishini tushunish, ilmiy-texnikaviy rivojlanish zamonida o`z sohasining o`rni va ahamiyatini teran anglash, mutaxassisligini boshqa sohalar bilan hamkorligini ta’minlash;
mutaxassisligi bo`yicha tegishli me’yoriy va rasmiy hujjatlarni bilish va ularga asosan o`z faoliyatini tashkil etish;
nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash;
soha bo`yicha ilm-fan yutuqlarini bilish, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish va qo`llash ko`nikmalarini shakllantirishga yo`naltirilgan bo`ladi.
4. Magistrantning pedagogik ilmiy amalyotini o`tishini nazorat etish uchun mutaxassislik kafedrasi tomonidan amaliyot rahbari tayinlanadi. Amaliyot rahbari amaliyotning borishi haqida haftada bir marta kafedraga hisobot beradi. Amaliyot tugagandan so`ng magistrant pedagogik ilmiy amalyoti bo`yicha hisobotni va talab darajasida rasmiylashtirilgan pedagogik ilmiy amalyot kundaligini belgilangan tartibda kafedraga topshiradi va bajarilgan ishlar hisoboti kafedrada himoya qilinadi.
Magistratura magistrlarni, ya’ni ilmiy-tadqiqotchilik va ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyorlangan mutaxassislarni tayyorlash shaklidir. Hozirgi oliy ta’lim tizimida magistr darajasi mavqei jihatidan bakalavr darajasidan keyin va fan doktori darajasidan oldingi о‘rinda turadi. Bu daraja ilmiy emas, balki akademik daraja hisoblanadi, chunki u, avvalo, oliy maktab bitiruvchisining ta’limiy darajasini aks ettiradi va unda boshlovchi ilmiy xodimga xos bо‘lgan qobiliyat va malakalar borligidan dalolat beradi.
Amaiyot (ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot muassasasi, xorijda tajriba orttirish) ‒ magistratura mutaxassisligi bo‘yicha maqsadli kasbiy ta’lim o‘quv reja va dasturlarini o‘zlashtirish, magistratura talabalarida ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini rivojlantirish yo‘li orqali magistrlarni eng yangi ilmiy texnik rivojlanishdagi yutuqlar bazasida ilmiy tadqiqot olib borishi.