Beshinchidan,
jamoatchilik nazorati borasidagi targ‘ibor-tashviqot ishlarini
jonlantirish zarur. Xususan, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini
kuchaytirish qaratilgan hamda jahon va mamlakatimizda bu borada olib
borilayotgan islohotlarni o‘rganuvchi, kelajakdagi strategiyalar bo‘yicha ishlab
chiqilayotgan qonun va qonun-osti hujjatlarning mazmun-mohiyatini o‘rgatuvchi
(jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi)
fan tarmog‘ini tashkillashtirish va ta’lim
tizimiga transformatsiya qilish zarur.
Oltinchidan,
jamiyatning ijtimoiy hayotida davlat organlari faoliyatining
ochiqligini ta’minlash, ularning qonun doirasidan chiqmasligini nazorat qilishga
92
qaratilgan ijtimoiy, huquqiy jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy qilish
tizimini doimiy takomillashtirib borish, uning normativ-huquqiy va metodologik
asoslarini ishlab chiqish hamda jamoatchilik institutlari amaliyotiga singdirish
hanuz o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda.
Yettinchidan,
Davlat siyosatining asosiy yo‘nalishi sifatida inson sha’ni va
qadr-qimmati ta’minlanib, uning munosib hayot kechirishi uchun shart-sharoit
yaratish, unga jamiyat boshqaruvida ishtirok etish huquqi va erkinligini berish,
shaxsga o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat organlari faoliyati ustidan
jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi subyekt sifatidagi ijtimoiy huquqlarini
mustahkamlash zarur.
|