77
amaliy ishlarda ommaviy axborot vositalari hamda ta’lim dargohlariga alohida
e’tibor berish tizimini faollashtirish.
Ikkinchidan,
davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini
kuchaytirishning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan
qonunchilikni takomillashtirishda xalqaro normalarga alohida e’tibor qaratish,
qonunchilikning mintaqaviy tajribalaridan kengroq foydalanish, xorijiy institutlari
bilan hamkorlikni rivojlantirish zarurati hanuz o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda.
Uchinchidan,
jamoatchilik nazorati tizimida fuqarolik jamiyati institutlari
samaradorligini oshirishning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish, xususan
inson omilini chetlash, virtual texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini
oshiruvchi chora-tadbirlarni kengaytirish, yangicha yondashuvni (innovatsion)
sohaga olib kirish.
To‘rtinchidan,
jamoatchilik oldida hisobdorlik hissini davlat organlari
faoliyatiga singdirish, bu yo‘lda, ularning faoliyatida ochiqlikni ta’minlovchi
qonunchilik hujjatlarini mustahkamlash, zamon talablariga mos ravishda muntazam
rivojlantirish mexanizmini joriy etish. Masalan, jamoatchilik nazorati tizimi
takomillashuvining huquqiy asoslarini o‘rganuvchi hamda Qonunchilik palatasi va
Senatga takliflar kirituvchi ilmiy markaz tashkil etish.
Beshinchidan,
inson huquqlari hamda erkinligini ta’minlash, davlat
idoralarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirishga qaratilgan hamda jahon va
mamlakatimizda bu borada olib borilayotgan islohotlarni o‘rganuvchi, kelajakdagi
strategiyalar bo‘yicha ishlab chiqilayotgan qonun va qonun-osti hujjatlarning
mazmun-mohiyatini o‘rgatuvchi
(jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi)
fan
tarmog‘ini tashkillashtirish va ta’lim tizimiga transformatsiya qilish.
Dostları ilə paylaş: