Ikkinchi davr.
O‘rta asr mutafakkirlaridan Jordano Bruno (1548-1600) feodal
zo‘ravonliklari o‘rnini inson ijtimoiy turmushining foydasi uchun belgilangan
Qonun egallashi kerakligini ta’kidlab, jamiyat uchun zarur bo‘lgan va foydali yaxshi
fazilatli kishilar aql zakovatidan foydalangan holda[53; 138-s.] davlat boshqaruv
ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish g‘oyasini ilgari suradi.
XVII asr boshida Tomazzo Kampanella (1568-1639) o‘zining “Quyosh
shahri” asarida jamoatchilik nazoratini tashkillashtirish mexanizmini yaratish
borasidagi qarashlari bilan ilmiy jamoatchilik e’tiborini tortadi. Kampanella: “har
bir yangi oy chiqqan va oy to‘lgan kunda ibodatni amalga oshirish uchun Kengash
yig‘ilishi. Unda yigirma yoshga to‘lgan va undan katta barcha ishtirok etadi va
ularga birma-bir davlatda qanday kamchiliklar mavjud, qaysi mansabdor shaxslar
o‘z majburiyatlarini yaxshi, qaysilari − yomon bajarmoqdalar, deb savol berish”[75;
97-s.] va shu asosida davlat organlari faoliyatini taftish etish g‘oyasini ilgari suradi.
XVII asrdan boshlab Angliyada jamoatchilik nazoratini olib borish tizimi
ustida jiddiy ishlar qilinadi. Xususan, demokratik partiya o‘zining
(Angliyaning
erkinligi va asosiy qonunlari)
deb nomlangan siyosiy vasiyatnomasida har qanday
hokimiyat o‘zining tabiati va mohiyatiga ko‘ra o‘z xalqidan tashqari boshqa
manbaga ega emas[52; 31-s.], – deb belgilab qo‘yadi. Shu tariqa bu partiya
tomonidan davlat amaldorlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga
alohida muammo sifatida qarash tendensiyasi shakllana boshlaydi.
43
Umuman olganda XVII-XVIII asrlarda ma’rifatparvarlar faoliyati va ular
tomonidan jamiyatda yaratilgan g‘oyaviy-axloqiy muhit davlat va huquq
to‘g‘risidagi fanning rivojlanishi yo‘nalishi, uslublari va mazmuniga hamda
fuqarolik (jamoatchilik) nazoratining keyingi rivojlanishiga muhim qadam
bo‘ldi[105]. Masalan, Fransuz mutafakkiri Pol’ Gol’bax (1723-1789) jamoa
shartnomasi nazariyasiga tayangan holda xalq oldida qirollar va hukumatlarning
javobgarligi hamda davlat hokimiyati dunyoviy bo‘lib, yerdan paydo bo‘lganligini
asoslab berdi.
Sharl’ Lui Montesk’ (1689-1775) bo‘lsa, davlatni fuqarolar ittifoqi va barcha
mansabdor shaxslarning jamuljami sifatida farqlab, jamiyat hukumatsiz mavjud
bo‘la olmasligini qayd etgan holda qonunlarning mavjudligi fuqarolarga hukumat
faoliyati ustidan, shuningdek, bir mansabdor shaxsga − boshqa mansabdor shaxslar
ustidan nazoratni amalga oshirishga imkoniyat yaratish[32; 52-b.] kerakligi
g‘oyasini ilgari suradi.
XVIII asrlardan boshlab, jamoatchilik fikri va nazoratini kuchaytirish,
ularning huquq va erkinliklarini oshirishga qaratilgan tashabbuslar ham kuchayib
bordi. Masalan, yakobinchilar Konventi bilan qabul qilingan inson va fuqaro
huquqlari deklaratsiyasida inson erkinligi, vijdon erkinligi, so‘z, murojaatlar,
hamjamiyatlarga birlashish, qonunchilik tashabbusi, jabr-zulmga qarshilik
ko‘rsatish huquqi, shuningdek, hukumat tomonidan xalq huquqlari poymol
bo‘lganda xalq va uning bir qismining qo‘zg‘olon ko‘tarish huquqiga bo‘lgan[61;
110-s.] muqaddas majburiyati singari demokratik prinsiplar ishlab chiqildi.
Yevropada ilg‘or g‘oyaviy-siyosiy harakatlar shubhasiz Shimoliy Amerikada
ilg‘or fikrlarni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, J.Mil’ton va J.Lokk, J.J
Russo va Sh.Monteskelar amerikalik mutafakkirlar J.Adams, T.Jefferson,
A.Linkoln, T.Peyn, S.Bolivar va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan
konsepsiyalarda − insonning tabiiy huquqlari va jamoa shartnomasi nazariyasi
nuqtayi nazaridan turib, xalq suvereniteti g‘oyasini yoqlagan holda davlatning
monarxiya boshqaruv shaklini tanqid qildi va qirol hokimiyati xalq hokimiyatidan
kelib chiqqani hamda odamlardan hech biri davlat hokimiyatini tashkil etilishida
44
katnashish va uning faoliyati ustidan nazorat qilish huquqidan mahrum etilishi
mumkin emasligini[58; 295-s.] isbotlovchi g‘oyalari bilan, jamoatchilik nazorati
fenomeniga yangicha yondashuvni ilgari surib, bu kategoriyaga metodologik
munosabatni kuchayishiga turtki bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: |