25
etish orqali, jamoatchilik nazorati elementlarining ijtimoiy xususiyatlari va
imkoniyatlarini ko‘rsatishga erishadi.
Uchinchidan, jamoatchilik nazoratini olib boruvchi subyektlar o‘z vakolat
doirasida harakatlanishi uchun ma’lum funksiyalarga ega bo‘lishi shart va zarurdir.
Chunki, ular bu tizimsiz jamiyatda to‘laqonli faoliyat olib borishi mushkul kechadi.
Xususan, jamoatchilik nazoratini ta’minlash, ularni amalga oshiruvchi
mexanizmlarni joriy etish, ularga berilgan huquqiy maqomga bog‘liq bo‘lib, bu
ularni ijtimoiy faoliyati jarayonida bajarishi kerak bo‘lgan funksiyalar bilan
belgilanadi. Shu sababli, bugungi zamon talabi – jamoatchilik nazoratini olib
boruvchi
institutsional
tizim
subyektlari
faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi
konsepsiyani ishlab chiqishni ko‘rsatmoqda.
To‘rtinchidan, ijtimoiy tizim barqarorligini ta’minlovchi shart-sharoitlarni
yaratish jamoatchilik nazoratining asosiy funksiyalaridan biri hisoblanib, davlat
boshqaruvini demokratlashtirish bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlarni qo‘lga kiritish
bo‘lganligi uchun ham, bugungi kunda jamiyatda ijtimoiylashuv ko‘nikmalari
shakllantirilib borilmoqda. Ijtimoiylashuv qanday vaziyatda qanday harakat qilish
zarurligini jamoatchilik subyektlariga belgilab berishga qaratilganligi sababli,
jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqishga ehtiyoj tug‘ilgan.
Beshinchidan, xalq hokimiyatchiligi – demokratik prinsiplarga asoslanadi.
Shunga ko‘ra, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda demokratiya umuminsoniy
prinsiplarga asoslangan holda qurilmoqda. Bu o‘z navbatida jamoatchilik nazoratini
kuchaytirish bo‘yicha hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar bilan
mustahkamlanmoqda deyish ham mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki, bugun
mamlakatimizda inson hayoti, sha’ni, qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: