ko’paydiki, tabiat bilan muloqatda bo’lishi qiyinlashdi, nodir ekosistemalarni saqlab
qalolmaslik xavfi paydo bo’ldi.
Turizm jarayoni davomida uning tabiat resurslaridan foydalanishni
rejalashtirishni o’rganish, turistik oqimlarni va uning potensial ta’sirini mohirlik bilan
boshqarishni o’rganish lozim. Turizmni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda
hammavaqt uning salbiy ta’sirini o’ylab ko’rish va hisobga olish kerak. Shuni alohida
ko’rsatishimiz kerakki, agar turizm atrof – muhitga salbiy ta’sir etsa, u haqiqiy
ekologik turizm bo’lmaydi. Isbotlangan haqiqiy ekologik turizm tabiatni muhofaza
etuvchi kuchli qurol bo’lib, uning vazifasi tabiatga sayohat vaqtida bo’luvchi salbiy
ta’sirlarni kamaytirish va ijobiy tomonlarini yuqori darajada ko’paytirishdir.
Misol tariqasida ko’radigan bo’lsak, Keniyadagi Amboseli milliy bog’ida har bir
arslondan ekoturizm obyekti sifatida keltiriladigan foydasi 27000 $. Shu yo’l bilan
har bir arslon umri davomida 500000 $ Keniya xalqiga foyda keltiradi. Milliy bog’
ishlaganga qadar ov turizmiga ruxsat etilgan vaqtda (21 kunlik tur) chet ellik ovchi
har bir otilgan arslon uchun 8500 $ tulagan. Arslon terisini ishlash 960-1325 $
tushgan. Demak ov turizmida bir arslon maksimum 9825 $ foyda keltirgan va o’zi
ham qurbon bo’lgan. Ekoturizmda esa har bir arslon 500 000 $ foyda keltirgan va
umrining oxirigacha erkin yurgan. Shu misolni o’zi ko’rsatib turibdiki ekoturizm
shubxasiz bu jonivorlardan iqtisodiy foyda keltirishning eng qo’lay yo’li va ayni bir
vaqtda jonivorni o’ldirilishiga ruxsat berilmaydi.
Ekoturizmda turizmni boshqa turlariga qaraganda kamroq mablag’ sarf etib
ko’proq foyda olinadi. Shuning uchun uning iqtisodiy samaradorligi ancha kattadir.
Hozirgi vaziyatda ekoturizm rivojining tabiat komplekslarini saqlab qolishda
ishtirokining bir qator ustunliklari bor. Ekoturizm ko’pchilik qo’riqxonalarda
iqtisodiy faoliyatning yagona turi bo’lib xizmat qiladi. O’zbekistonda va chet el
amaliyoti shundan guvohlik beradiki, ekoturizm imkoniyati foydalanilmagan taqdirda
uning «ekologik o’rnini», albatta tabiat uchun halokatliroq boshqa shakl egallaydi.
Ko’pchilik ma’sul turoperatorlar o’z turistlarining sayohatini sifatli tashkil etish
uchun ularning bo’lajak sayohat obyekti bo’lgan tabiati alohida muhofaza etiladigan
hududlar bilan doimiy aloqada bo’lishadi va tabiatni muhofaza etadigan tashkilotlar
bilan hamkasblikda ish olib borishadi. Shunday qilib ekoturizmni to’g’ri tashkil etish
tabiati muhofaza etiladigan yerlarning ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini
hal etishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: