22
shijoati bilan bog`liq bo`lib, ulardan asosiy maqsad, manfaatlar va yutuqlarga
erishishdir, deb aytgan edi.
Boyishning notabiiy usullariga ibn Xaldun soliqlarni ham kiritadi (soliq va
bojlar davlat asosini tashkil etadi) va buning barobarida davlat tomonidan amalga
oshiriladigan monopolistik savdo ham e`tibordan chetda qolmagan (Amirlar
dehqonlardan mahsulot sotib olish bilan Shug`ullanish barobarida, ularni
mo„ayyan narxlarda sotishga majburlashadi, Shundan so`ng o`zlariga belgilagan
narxda mazkur mahsulotlarni davlatlar fuqarolariga sotishadi).
Buning natijasida, muallif, - sud tomonidan tazyiq va harbiy o`ljalar yuzaga
keladi deb xisoblaydi. Jamiyat rivojlanishi uchinchi bosqichini tasvirlar ekan, ibn
Xaldun fikricha uning eng yuqori rivojlanish nuqtasi davlatning emirilishi va
tanazzuliga olib keladi. Davlat ehtiyoji asta-sekinlik bilan o`sadi, buning oqibatida
hukmdor tomonidan Yangidan-Yangi soliqlar va bojlar o`ylab topiladi, ammo Shu
bilan birgalikda insonlarning mehnat shijoati pasayib boradi. Kambag`allik va har -
tomonlama qisilishlar, tangliklar daromadlar yo`qotilishi kabi holatlar savdo bilan
bog`liq umidlarini so`ndiradi. Agarda insonlar yashash uchun mablag` topish
istagidan voz kechib sotib olishni bas qilsalar, bozorlar to`xtab qoladi. Insonlar
boshqa erlarga nasiba axtarib ketib qolishadi va buning oqibatida shaharlar
emiriladi.
Shaharlar emirilishi bilan, hukumat va davlat inqirozga yuz tutadi. Bunda
so`z, davlat imkon qadar ko`proq soliq undirish barobarida kamroq daromad ola
boshlashi haqida ketib, buning natijasida g`azna bo`shab qoladi, armiya to`lovsiz
qolib, davlat qo`shni davlatlar tomonidan bosib olinadi. Ammo, mazkur hudud
aholisi uchun, tarix davom etadi. Masalan bosqinchilar qo`shni qabilalar bo`lsa,
vaqt o`tishi sayin, ular tomonidan Yangi davlat shakllantiriladi, va Ibn Xaldun
fikricha, tarix ko`rsatib o`tilgan tizim asosida davom etadi.
Dostları ilə paylaş: