10.3. Marjinalistik inqilob asoschilari
XIX asrning 70-yillarida, Menger, Djevons, va Val`ras asarlari nashr
etilganida, ular iqtisodiyot fanidagi yangi so`z bo`lib tuyuldi. Ammo 1878 yilda,
angliyalik professor Adamson hech kimga ma`lum bo`lmagan nemis iqtisodchisi
Gossenning 1854 yilda nashr etilgan kitobini topib, mazkur kitobda iqtisodiy
munosabatlarning maksimal tahlili printsiplari haqida so`z yuritilganligini
ta`kidlagan edi. Gossendan boshqa faoliyat marjinalist iqtisodchilar asarlari ham
aniqlandi, ularga quydagilarni kiritish mumkin: Gossen, Dyupyui, Kurno va
Tyunen.
German Genrix Gossen (1810-1858), professional iqtisodchi olim emas edi. U
mansabdor shaxs bo`lib, keyinchalik o`z biznesini yaratishga ham harakat qilgan,
va iqtisodiyot fani muammolari bilan Shug`ullana boshlagan. 1854 yilda, uning
«Inson harakatlari qoidalari kelib chiqgan jamoatchilik aloqalari qonuniyati
rivojlanishi» deb nomlangan kitobi nashr ettirgan.
U inson faoliyati umumiy nazariyasini maksimal foydalalik printsipi
yordamida tushuntirishga harakat qildi. Uning kitobidan kelib chiqgan ikki holat,
hozirgi kunda Gossenning birinchi va ikkinchi qonuni deb ataladi.
94
Birinchisi, maksimal foydalilik tushunchasini beradi (maksimal foydalilik
mazkur predmet mavjudligi oshishi sayin kamayib boradi), ikkinchi qonuniyat
iste`mol optimal tuzilishiga bag`ishlangan (talab): talablar qondirilishi maksimal
darajasi iste`mol qilinayotgan predmetlar maksimal foydalilik darajasidan kelib
chiqadi. Ammo Gossen nazariyasi birmuncha tushunarsiz edi. Masalan,
I.Vernadskiy qalamiga mansub «Iqtisodiy ta`lim» tarixi tadqiqotlarida Gossen tilga
olingan, ammo u Rikardo maktabi namoyandasi sifatida talqin etilgan. Gossendan
10 yil keyin, maksimal foydalilik nazariyasini Jyul` Dyupyui (1804-1866) ham
ilgari surgan. U mashhur muhandis bo`lib, Parij muhandislik xizmati bosh direktori
vazifasida faoliyat yuritgan. 1844 yilda, Dyupyui «Yo`l tashkiloti arxivlari»
jurnalida «Fuqarolik binolari foydalalik darajasi haqida» maqolasini nashr etib, o`z
davrida mazkur maqola e`tiborsiz qoldi. Marjinalizmning yana bir erta
namoyandalaridan biri mashhur frantsuz matematiki Ogyusten Kurnodir (1801-
1876). U 1831 yilda «Boylik nazariyasi matematik printsiplari tadqiqoti» kitobini
nashr etib, bu kitob etarli darajada baholanmagan, chunki matematiklar uchun
unda hech qanaqa yangilik bo`lmay, iqtisodchilar uchun bu mutlaqo noodatiy asar
edi. Ma`lumki marjinalistik inqilob asoschilari Kurno kitobi bilan tanish
bo`lishgan, ammo uni Yangi iqtisodiy nazariya bilan bog`lashmagan, chunki
boshlang`ich davrlarda eng katta e`tibor, tannarxning sub`ektiv talqini sifatida
foydalilik g`oyasi tortar edi. Barcha iqtisodiy munosabatlarga nisbatan universal
yondashuv sifatidagi maksimal tahlil, marjinalistik inqilobning ikkinchi bosqichida
birinchi o`ringa ko`tarildi. Kurno asarida esa, narx, talab, va taklif monopoliya,
duopoliya, oligopoliya va mutlaq raqobatchilik holatlari uchun funktsional
aloqalarini ko`rib chiqgan. Shu bilan birgalikda, u ilk marotaba iqtisodiy tenglik
tushunchasini ham keltirgan: «Xo`jalik tizimi haqiqatda barcha qismlari o`zaro
bog`liq va bir - biriga ta`sir etuvchi butunlikdir… demakki, xo`jalik tizimining u
yoki bu alohida sohasiga tegishli masalalarining kompleks ravishda hal etilishi
uchun, umumiy tarzda tizimning o`zini e`tibordan qochirmaslik lozim. Shunday
qilib, Kurno marjinalistik inqilob ikkinchi bosqichi asoschisidir.
Kechroq davrlarda ilmiy aylanmaga, marjinalizm g`oyasining erta
namoyandalaridan biri I.G.Tyunenning «Izolyatsiya holatidagi davlat» (1826)
kitobi kiritilgan, Chunki uning maksimal tahlili, ishlab chiqarish sohasi bilan
bog`liq bo`lib, bu holatga marjinalistik inqilobning faqatgina ikkinchi bosqichida
e`tibor qaratishgan edi. Nemis pomeshchigi Iogann Genrix Tyunen (1783-1850)
bir vaqtning o`zida ajoyib amaliyotchi va nazariyotchi edi. 10 yillar davomida
amalga oshirilgan kuzatuvlar va o`z pomest`esidagi xarajatlarni tadqiq etish
asosida u maksimal tahlil qonuniyatlarini aniqladi. Uning kitobi mashhur bo`lgan
bo`lsada, faqatgina qishloq – xo`jaligini yuritish bo`yicha qo`llanma sifatida
qo`llanilgan. Gossendan farqli o`laroq, Tyunen mazkur muammoni chuqur
95
falsafiylik bilan qabul qilib, tadqiqotlarini davom ettirdi va 1850 yilda, o`z
kitobining ikkinchi qismini ham nashr etdi. To`la holatda esa kitob uning o`limidan
so`ng qolgan qo`lyozmalar asosida to`liq nashr etildi. Shu bilan birgalikda, Tyunen
ishlab - chiqarish optimal joylashtirilishi nazariyasi asoschisi ham bo`lib, bu
nazariya XX asrning boshiga kelibgina tadqiq etila boshlandi.
Dostları ilə paylaş: |