Unli fonemalar hosil bo‘lishida o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida hеch qanday to‘siqqa uchramasdan o‘tadi.
Undosh fonemalarni hosil qilishda o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida turli to‘siqlarga uchraydi va buning natijasida shovqin hosil bo‘ladi.
2.
Unlilarni cho‘zib talaffuz qilish mumkin.
Undoshlarni cho‘zib talaffuz qilib bo‘lmaydi
3.
Unlilar talaffuzida un paychalari albatta titraydi.
Undoshlar talaffuzida un paychalari titrashi ham (jarangli va sonorlarda), titramasligi ham (jarangsizlarda) mumkin.
4.
Unlilar bo‘g in hosil qilib biladi: a-ka, o-i-la, mu-do-fa-a.
Undoshlar bo‘g‘in hosil qilib bilmaydi, ular bo`g`in tarkibida kelishi mumkin.
O‘zbek adabiy tili unli fonemalari va ularning tasnifi
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unli fonemalar oltita: i, e, a, u, o‘, o. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (ingl. unli degan ma’noni bildiradi[9]) deb yuritiladi.
Unlilar hosil bo`lishida til va lablar faol ishtirok etadi, shuning uchun ular tasnifi uch xususiyatga asoslanadi: tilning oldinga yoki orqaga harakat qilish darajasiga, tilning tanglay tomon ko‘tarilish darajasiga va lablarning ishtirokiga ko‘ra. Shu jihatdan unlilar uch tomondan tasnif qilinadi:
1) tilning gorizontal harakatiga ko‘ra;
2) tilning vertikal harakatiga ko‘ra;
3) lablarning ishtirokiga ko‘ra.