77
“No-3GPP” tarmoqlar bilan “rouming”ni amalga oshirish-
ning asoslari shundan iboratki, bunday tarmoqlar ishonchli (ya’ni
xavfsizlikni ta’minlash choralari ko‘rilgan) hamda ishonchsiz
tarmoqlarga bo‘linadi. Ishonchsiz tarmoqlarni ishonchli tar-
moq toifasiga o‘tkazish uchun maxsus xavfsizlik protokollari-
dan foydalaniladi va mos ravishda “mehmon” tarmog‘idan “uy”
tarmog‘i yo‘nalishida trafikni o‘tkazish uchun tunnellar hosil
qilinadi. AAA-serverlari orasida o‘zaro aloqani tashkil qilishda
Diameter protokolidan foydalaniladi.
Bugungi kunda mavjud LTE tarmoqlarida “rouming” xiz-
matidan hali yetarlicha faol foydalanilmayapti. Buning asosiy
sabablari
–
turli mamlakatlarda turlicha chastota diapazonlari-
dan foydalanilayotganligi hamda ko‘p rejimli va ko‘p chasto-
tali abonent qurilmalarining yetishmasligidir. Lekin, shunga
qaramasdan, LTE tarmoqlari orasida “rouming”ni ta’minlash
bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun,
Ericsson hamda Qualcomm kompaniyalari SRVCC
(ingl.
Standardized Single Radio Voice Call Continuity)
xizmati yor-
damida abonentning LTE tarmog‘idan WCDMA yoki GSM
tarmoqlari xizmat hududiga o‘tishda uzluksiz “rouming”ni
amalga oshirish imkoniyatini namoyish etishdi. Ushbu tex-
nologiyaning afzalligi shundaki, u nafaqat ma’lumot uzatish-
ni, balki, ovoz trafigini uzatishni, SMS hamda multimedia
xizmatlarini ham ta’minlaydi.
Frequency
200 kHz
1 timeslot=0,577 msec
1 TDMA frame = 8 timeslots
Slot
Dostları ilə paylaş: