AAS va MIMO texnologiyalaridan foydalanishda tarmoq
spektral samaradorlik ko‘rsatkichlari
Sxema
Sotaning maydoni bo‘yicha
o‘rtalashtirilgan spektr sama-
radorligi
Yo‘naltirish diagrammasini
shakllantirish
2,1 bit/sek/Gs
MIMO
1,7 bit/sek/Gs
Yo‘naltirish diagrammasini
shakllantirish + MIMO
2,5 bit/sek/Gs
Bu kamchilik ikki texnologiyani birlashtirish bilash tuzatili-
shi mumkin, bu tarmoqni yoyishning barcha shartlarida optimal
yechim olish imkonini beradi. AAS texnologiyasining qo‘llanili-
475
shi WiMAX tarmoqlarini birlamchi yoyish darajasiga mos keladi.
MIMOning qo‘shilishi mikro va piko sotali tarmoqlarda yuqori
abonentlar sig‘imini talab qiladigan tarmoqlarda amalga oshirila-
di. AAS va MIMOning birlashishi bitta umumiy antenna tizimlari
yordamida ta’minlanishi mumkin, bu holatda TS ni oddiy dasturiy
ta’minotni yuklash orqali modernizatsiyalash imkoniyati bo‘ladi.
AAS va MIMO texnologiyalarini birlashtirish imkoniyati.
Hozirgi kunda amaliyotda qo‘shimcha imkoniyatlar olish uchun
AAS va MIMO texnologiyalarini birlashtirish bo‘yicha qilingan
ishlar mavjud. Lekin bunda bir necha qiyinchiliklar yuzaga ke-
ladi, masalan, antennalarni joylashtirish bo‘yicha talablar. AAS
texnologiyasini qo‘llaganda antennalar bir-biriga yetarlicha yaqin
joylashishi kerak (odatda, nurlanuvchi to‘lqinning yarim uzunligi
hisobida), antenna elementlari uchun MIMO sxemalar qo‘llan-
ganda esa antennalar bir-biridan uzoqlikda joylashishi lozim yoki
qutblanishlari turlicha bo‘lishi kerak. Yuqoridagilarga bog‘liq hol-
da, bu texnologiyalarni ikki jihat bo‘yicha birlashtirish imkoniyati
mavjud:
•
bir-biriga yaqin bo‘lgan optimal masofalarda AASli tizimlar-
da MIMOni qo‘llash.
•
Har bir panel elementlari orasidagi masofa yetarlicha kichik
bo‘lganda, ikki elementli antenna panellari juftliklarini qo‘llash.
Birinchi variant aloqa kanallari energetik imkoniyatlarini oshi-
rishda katta foyda beradi. Uni tatbiq qilish uchun tayanch stan-
siyalari standart to‘rt elementli antenna panellaridan foydala nish
hisobi yetarlicha oson ishlab chiqilgan bo‘lishi mumkin, ular
tizimni keyinchalik almashtirishni talab qilmaydi. “AAS+MI-
MO” texnologiyalarini birlashtirish TSda dasturiy ta’minotni yuk-
lash orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ikkinchi variantda eng yaxshi ishchi xarakteristikalarga erishila-
di. AAS hisobi bo‘yicha olingan aniq talablarga bog‘liq ravishda
30% gacha kanalning o‘tkazish qobiliyatini oshirish mumkin. Bu
sxema mavjud apparat bazasida yetarlicha oddiy holatda amalga
oshiriladi.
|