134
jismoniy mashqlar yordamida, ayniqsa, faol o‘zlashtiriladi. Rejim
jarayonlarini, jismoniy mashqlami o‘tkazish, chiniqish paytida
bolalarning dunyoqarashi o‘zgaradi, ular ayrim eng oddiy bilimlami
egallaydilar. Mustahkam sog‘lik faol aqliy faoliyatning asosi
hisoblanadi. Jismoniy tarbiya axloqiy tarbiya bilan bog‘liqdir.
Bolalar gigiyena, chiniqtirish tadbirlarini, harakatli o‘yinlami
bajarish chog‘ida faqat axloqiy xulq-atvor (mardlik, halollik,
tartiblilik va h.k.) to‘g‘risidagina tasawurlarga ega bo‘lib qolmay,
shu bilan birga ana shu xulq-atvor xususida mashq qiladilar, ularda
irodaviy sifatlar (qat’iyat, mustaqillik va h.k.) rivojlanadi [13; 44-
b.]. Aksariyat jismoniy mashqlaming his-tuyg‘uga boyligi ularning
bola shaxsini shakllantirishga ta’sirini kuchaytiradi.
Jismoniy tarbiya asosan ishning jamoa shakllarida amalga
oshiriladi. Jismoniy mashg‘ulotlarda, harakatli o‘yinlarda
bolalarda jamoatchilik tuyg‘usi shakllanadi, uyushqoqlik, intizom
tarbiyalanadi. Jismoniy tarbiya bilan estetik tarbiyaning aloqasi
dastavval shunda o‘z ifodasini topadiki, to‘laqonli jismoniy
rivojlanish – bola estetik tashqi ko‘rinishining garovidir. Bolalarda
chiroyli qaddi-qomat, umumiy estetik qiyofa (chiroyli kiyinish,
tartiblilik va h.k.) to‘g‘risida tasavvurlar shakllanadi. Bolalar
mashqlami bajarar ekanlar, erkin, chiroyli, ifodali harakat qilishga
o‘rganadilar, bu esa estetik tuyg‘ulami tarbiyalashga ko‘maklashadi.
Jismoniy tarbiya mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Umumiy chidamlilikni rivojlantirish – ishchanlikni tarbiyalash
asosidir. Jismoniy mashqlar jarayonida harakat tajribasini to‘plash,
harakatlar uyg‘unligini, kuchni chamalashni va boshqa qobiliyatlami
rivojlantirish mehnat harakatlarini egallashda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Irodaviy kuch-g‘ayrat sarflash odatini tarbiyalash ham muhimdir.
sog‘lom, chaqqon bola mehnat topshiriqlarini oson bajaradi.
Dostları ilə paylaş: