246
uchun ovqatlanishning tasdiqlangan normasidan kelib chiqadi.
Amaldagi o‘rtacha bozor narxlari har oyda tuman va shahar hokimliklari
tomonidan aniqlanib, hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan holda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklariga taqdim qilinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan taqdim qilingan
narxlarni tahlil qilib, hokimlikning internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-
saytida joylashtiradi hamda tegishli hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmasiga
tasdiqlangan holda taqdim etadi.
36. hisobotlar asosida tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari autsorserga
ko‘rsatgan xizmatlari bo‘yicha tegishli mablag‘larni joriy oyning 25-kuniga qadar
o‘tkazib berishni ta’minlaydi. Bunda joriy oyning qolgan kunlari uchun mablag‘lar
keyingi oy kunlari uchun to‘lanadigan mablag‘larga qo‘shib o‘tkazib beriladi.
37. Muassasa xodimlarining ushbu muassasada ovqatlanishini tashkil etish
autsorser bilan xodim o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq to‘lov asosida
amalga oshiriladi. Faoliyati bolalar tarbiyasi bilan uzluksiz ravishda bog‘liq bo‘lgan
xodimlar (mudira, hamshira, tarbiyachi va yordamchi tarbiyachi) shartnoma asosida
ovqatlanadi.
38. Muassasa xodimlarini ovqatlantirish alohida taomnoma asosida tashkil
qilinadi.
39. Ovqatlantirish narxlari ovqatlangan xodimlar soni, ular uchun sarflangan
taomlar miqdori va qiymati orqali aniqlanadi va har bir xodimga to‘lov puli
belgilanadi.
40. Xodimlarning muassasada ovqatlanganligi uchun to‘lovlar xodimlar
tomonidan joriy oyning 25-kunidan kechiktirmay autsorserga to‘lab beriladi.
41. Xodimlarning muassasada ovqatlanganligi uchun to‘lovlar miqdorini
hisoblashda xodimning faqat ishda bo‘lgan kunlari e’tiborga olinadi.
Xodimning ishda bo‘lmagan kunlari uchun undirilgan to‘lovlar keyingi oy uchun
to‘lov amalga oshirilayotganida hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: