118
xDSL xizmatlari muayyan maqsadlarni
hal qilish uchun ishlab
chiqilgan ya’ni: ular mavjud telefon liniyalarida ishlashi, abonentning
har xil apparaturalarini ishiga xalaqit bermasligi (masalan telefon
apparati, faks va h.k), uzatish tezligi nazariy 56 Kbit/s chegaradan
yuqori bo’lishi
kerak va nihoyat, ular doimiy ulanishni ta’minlashi
kerak.
xDSLning asosiy turlariga ADSL, HDSL, IDSL, MSDSL, PDSL,
RADSL, SDSL, SHDSL, UADSL, VDSLlar kiradi. Bu
texnologiyalarning barchasi abonentning telefon liniyasi orqali yuqori
tezlikli raqamli ulanishni ta’minlaydi. xDSL texnologiyalari ma’lum bir
maqsadlarga erishish uchun va bozorning ma’lum bir zaruratini
qondirish uchun yaratilgan. xDSLning ayrim texnologiyalari original
ishlanmalardan
hisoblanadi, boshqalari esa oddiy nazariy model deb
faraz qilinadi, ayni shu paytda uchinchisi keng qo’llanilayotgan
standartlardir. Mazkur texnologiyaning asosiy farqlari, ma’lumotlarni
kodlash uchun qo’llaniladigan modulyasiyalash usullari hisoblanadi.
ADSL (ADSL; ingliz tilida.
Asymmetric Digital Subscriber Line
assimmetrik raqamli abonent liniyasi) modemli texnologiya bo’lib,
oxirgi mil muammolarini echish uchun mo’ljallangan. Abonentning
analog telefon liniyalarini yuqori tezlikli kirish liniyalariga o’zgartiradi.
Mazkur
texnologiyaning
asosiy
afzalligi,
abonentgacha
kabel
yotqizmaslik zarurati. Yotqizilgan mavjud telefon kabellarini qo’llaydi,
telefon va modem signallarini ajratish uchun splitterlar o’rnatiladi.
Ma’lumotlarni uzatish va qabul
qilish uchun turli kanallar
qo’llaniladi. Qabul qiluvchi kanal katta o’tkazuvchanlik qobiliyatiga
ega. ADSL texnologiyasi, raqamli va analog ma’lumotlarni uzatish
119
liniyasini birlashtiruvchi gibrid tarmoqlarni qurishda qo’llaniladi. Bu esa
ma’lumotlar oqimini uzatish uchun qo’llaniladigan simlar juftligidan
odatdagi telefon aloqasining analog signallarini uzatish imkonini beradi.
Mazkur texnologiya
assimetrik hisoblanadi, ya’ni tarmoqdan
foydalanuvchiga
ma’lumotlarni
uzatish
yo’nalishidagi
tezlik,
foydalanuvchidan tarmoqqa ma’lumotlarni uzatish tezligidan yuqori.
Telefon abonent kabellaridan foydalanuvchi kirish texnologiyalari oilasi
DSL (Digital Subscriber Loop) yoki SSPAL (sifrovaya sistema
peredachi po abonentskim liniyam – abonentlar liniyasi bo’ylab raqamli
uzatish tizimi) qurilmasida keng polosali kirish kanalini tashkil etish
sxemasini 5.2-rasmda keltirilgan tarzda tasavvur qilish mumkin.
Rasmdan shuni ko’rish mumkinki,
DSL ning barcha echimlari
texnologik ravishda yopiq tizimlardan tashkil topadi. Telefon
liniyasining oxirgi nuqtalarida DSL modemlar o’rnatiladi va ular
raqamli ma’lumotlar oqimini modulyasiyalangan signalga o’zgartiradi.
5.2-rasm. xDSL turlari
Tizimning chiqishida foydalanuvchilarga ma’lumotlarni uzatuvchi
120
standart interfeyslar taqdim qilinadi: E1, V.35/V.24, yoki Ethernet.
DSL echimining ichki sohasida ishlab chiqaruvchilar raqamli signalni
modulyasiya qilishning turli prinsip va
usullaridan foydalanishlari
mumkin. Shu tarzda, ba’zi texnologiyalardan tashqari (ADSL,
ADSL2+VDSL), DSL
texnologiyasida
modemlarning
moslashuvchanligi talab qilinmaydi.
DSL texnologiyasi texnik echimlarning asosida yotgan turli
prinsiplar bo’yicha klassifikatsiya qilingan. Ta’kidlash joizki, DSL ning
barcha echimlari simmetrik va asimmetrikka bo’linadi.