159
keramikalar pyezoelektrik datchiklarni tayyorlash uchun eng keng tarqalgan
materiallar bo‘lib hisoblanadi. Eng birinchi ferroelektrik keramik materiallardan
biri bariy titanati bo‘lgan, u polikristall strukturaga ega, uning kimyoviy formulasi
BaTiO
3
. Qutblanishning barqarorligi dipollarning koersitiv kuchlarining ta’siri
hisobiga ta’minlnadi. Ba’zi bir materiallarda vaqt o‘tishi bilan qutblanishning
kamayishi sodir bo‘ladi. Bu effektni pasaytirish uchun aosiy materialga
qo‘shimchalar kiritiladi, ularning maqsadi dipollarni ma’lum bir holatda “qulflab
qo‘yish” dan iborat bo‘ladi. Pyezoelektrik konstanta ham, materialning dielektrik
singdiruvchanligi ham ishchi haroratga bog‘liq bo‘ladi. Bu kattaliklar (4.31)
formulaga – biri suratga, boshqasi maxrajga kirishi sababli, ularning o‘zgarishi
o‘zaro bir-birini yo‘q qiladi, bu keng haroratlar diapazonida
V
chiqish kuchlanishi
barqarorligining ortishiga olib keladi.
Pyezoelektrik elementlardan yoki monokristall formasida, yoki unda alohida
plastinkalar ularning orasiga joylashtirilgan elektrodlar yordamida tutashtirilgan
ko‘p qatlamli struktura ko‘rinishida foydalanilishi mumkin. 4.10-rasmda ikki
qatlamli kuch datchigi ko‘rsatilgan. Bu datchikka tashqi kuch qo‘yilganda uning
qismlaridan biri kengayadi, boshqasi esa siqiladi, bu chiqish signalining ikki
baravar kuchayishiga olib keladi. Qo‘shaloq sensorlar yoki 4.11A-rasmda
ko‘rsatilganidek parallel qilib, yoki 4.11D - rasmda ko‘rsatilganidek ketma-ket
ulanishi mumkin. Pyezoelektrik datchikning ekvivalent elektr sxemasi o‘zida
Dostları ilə paylaş: