9
Namunaviy modda
esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘ladigan va
aniq xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, "toza suv", "toza metall" va
hokazolar. "Toza rux" 420
0
S haroratni hosil qilishda ishlatiladi.
O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‘lingan
chizg‘ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o‘lchash kolbasi, normal element) turlarga
bo‘linadi. Ba’zan o‘lchovlar to‘plamidan ham foydalaniladi.
Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda
tutishimiz lozim bo‘ladi: ishchi o‘lchash vositalari, namunaviy o‘lchash vositalari,
ishchi etalon, solishtirish etaloni, nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon,
birlamchi etalon va davlat etaloni.
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy
o‘lchovlar
etalonlar
deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga
bo‘linadi. Davlat etalonlari namunaviy o‘lchov va asboblarni tekshirishda
qo‘llaniladi va Davlat standartlashtirish idoralarida saqlanadi.
Aksariyat o‘lchashlarda biror signalni boshqa turga o‘zgartirish lozim bo‘ladi.
Ushbu vazifani odatda o‘lchash o‘zgartkichlari bajaradi.
Dostları ilə paylaş: