M ko‘rsatkichi
M t yoki
M r ning maksimumiga
teng olinadi):
C Tx/Rx = f g log 2 (1+M(S/N)). (19.3)
Quyida MIMOning turli ish rejimlarini ko‘rib chiqamiz.
291
19.4. Fazoviy ajratish rejimi Umuman olganda, ajratish prinsipi signalning zaxiralarini
(nusxalarini) taqsimlangan holda uzatishga asoslangan. Bunday
zaxiralash istalgan vaqt oralig‘ida yoki istalgan antenna orqali, yo
istalgan kanalda, yo istalgan qutblanish asosida (bunisi hozircha
MIMO texnologiyalarida qo‘llanilmaydi) uzatilishi mumkin.
Fazoviy ajratishning ikki turi mavjud:
• T x ajratish (ya’ni uzatish bo‘yicha ajratish)da signalning
nusxasi bir necha antennalar bo‘yicha uzatiladi (masalan, 2*1
sxemasi);
• R x ajratish (ya’ni qabul qilish bo‘yicha ajratish)da signalning
nusxasi bir necha antennalar tomonidan qabul qilinadi (masalan,
1*2 sxemasi).
Birinchi turdagi ajratishni mono va stereo tovushlar bilan
taqqoslash mumkin. Ma’lumki, inson stereo rejimidagi tovush
tonini farqliroq qabul qila oladi. Ikkinchi turdagi ajratishni esa
bir quloqqa qaraganda ikki quloq bilan yaxshiroq eshitish holatiga
o‘xshatish mumkin.
19.3-rasm. Fazoviy Rx-ajratish uchun qabul qilish algoritmlari (bu yerda A va V signallar bir xil).
292
T x ajratishning qo‘llanilishi uchun STC kodlash usulidan foyda-
laniladi (ko‘proq Alamouti kodlari ishlatiladi). Bunda to‘la fazoviy
ajratishga erishiladi, tizim esa bitta qabul qiluvchi antenna bilan
ham ishlashi mumkin.