Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
-
norezident yuridik shaxs nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi
namunadagi haydovchilik guvohnomasi);
-
norezident yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga
kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan
nusxasi;
-
tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik
shaxs va birja brokeri o‘rtasida brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi;
tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar — norezident
yuridik shaxslar va investitsiya vositachisi o‘rtasida brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi
shartnoma nusxasi;
-
kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik shaxs va
kripto-birja o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi.
-
Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik
shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan so‘mga nisbatan rasmiy kurslari
belgilanadigan chet el valyutalarida bank hisobvaraqlari ochilishi mumkin.
Yuridik shaxslar ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgunlariga qadar
ta’sischilarning (ishtirokchilarning) dastlabki badallarini kiritish uchun milliy va/yoki chet el
valyutasida 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i ta’sischilar (ishtirokchilar)
murojaati asosida ochilishi mumkin. Bunda, ta’sischilar (ishtirokchilar) nomidan vakil qilingan
shaxs tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
-
bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;
-
imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha;
-
ta’sischilar nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini
tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi
haydovchilik guvohnomasi).
Davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin yuridik shaxslarga mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda
asosiy hisobvaraq ochilib, 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘idagi mablag‘lar
ularning topshiriqlari asosida asosiy hisobvaraqqa o‘tkaziladi va 29801 — “Mijozlar bilan hisob-
kitoblar” hisobvarag‘i yopiladi.
Dostları ilə paylaş: